AQShda Trampga qarshi yangi tergov boshlandi

590
0

AQShda Trampga qarshi yangi tergov boshlandi

 AQSh Kongressi prezident Donalьd Trampga qarshi yangi keng koʻlamli tergov doirasida tadbirkor Yevgeniy Prigojin, Vladimir Putin va rossiyalik milliarder Viktor Vekselberg bilan bogʻliq kompaniyadan hujjat soʻradi. Bu haqda “BBC.news” xabar qildi.

 Tramp korruptsiya va hokimiyatni suiisteʼmol qilishda gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, Demokrat kongressmenlar Oq Uydan Trampning Putin bilan muzokaralari haqida maʼlumot berishini talab qilgan.

 Trampga nisbatan yangi tergov demokrat Gerrold Nadler boshchiligidagi huquqiy qoʻmita tomonidan olib boriladi.

 Tramp hokimiyatni suiisteʼmol qilish, korruptsiya va adolatni buzishda gumon qilinmoqda.

 Dushanba kuni parlament tekshiruvi doirasida jami 80 dan ortiq tashkilot va shaxslarga soʻrov yuborilgan.

 Ushbu soʻrovlar shuningdek, Oq Uy maʼmuriyatiga ham yoʻnaltirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.