Lavrov Qirgʻizistonga tashrif buyurdi

422
0

Lavrov Qirgʻizistonga tashrif buyurdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 3 fevral kuni Qirgʻizistonga tashrif buyurdi. U Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov bilan uchrashdi va ikki siyosatchi Mart oyida rejalashtirilgan Viladimr Putinning rasmiy tashrifi oldidan bir qator tayorgarlik ishlarini muhokama qilishmoqchi ekani aytildi. Lavrov uchrashuv chogʻida Afgʻonistondagi vaziyat hamda harbiy texnologiyalar haqida soʻz yuritilganligini bildirdi. Biroq uning taʼkidlashicha, Qirgʻizistonda yangi harbiy baza qurish masalasi Qirgʻiz tomonining tashabbusi boʻlgan va u bu haqida shu yerga kelib xabar topgan. Avvalroq Qirgʻizistonning Rossiyadagi elchisi Djekshenkulov “mamlakatning janubiy qismida Rossiya harbiy bazasining boʻlishi, Afgʻoniston tomondan toboro kuchayib kelayotgan xavfni oldini olishi mumkin”, degan edi.

Demak, Rossiya bu loihani xalqaro siyosat oldida goʻyoki Qirgʻizistonning tashabbusi bilan amalga oshayotgandek, bilvosita amalga oshirishga harakat qilyapti. Maqsadi nima?

Qirgʻizistonning janubi Xitoy, Oʻzbekiston Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan strotegik ahamiyatga ega mintaqadir. Rossiya Qirgʻizistonning janubiga harbiy baza oʻrnatib olsa, nafaqat Avgʻoniston, balki Xitoy va Oʻzbekiston tomonlarga ham oʻzining taʼsir quvvatini oshirib olishi mumkin. Rossiyaning bu taktikasi AQSH tomonidan ilgari surib kelinayotgan Afgʻoniston orqali Markaziy Osiyo uchun yangi tranzit yoʻli ochish asosidagi yirik strotegiyasiga qarshi yoʻnaltirilgan. AQSH hozirda Tolibon harakati bilan muzokaralar olib boryapti. Ular bir yechimga kelisha olishsa, bir qancha tarmoqlar orqali neft, gaz va boshqa tranzit yoʻllari ochilishi kutilyapti. Bu esa Rossiyaning strotegik va iqtisodiy mustamlaka holatiga kuchli zarba berib, uni xalqaro siyosatdagi ahvolini yanada tubanlashtiradi! Shuning uchun Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasiga qoʻshimcha ravishda ikkinchi bazani Qirgʻizistonga oʻrnatmoqchi. Bu bilan u Afgʻoniston tomondan keladigan qalbaki vahimalar bilan Oʻzbekiston va Qirgʻizistonni qoʻrquvda ushlab qolishni maqsad qiladi. Shuningdek, bu baza Afgʻoniston va Qirgʻizistonda mavjud yoki endi shakllanishi mumkin boʻlgan qurolli kuchlarni harbiy dastaklab yuborish imkoniyatini oshiradi. Bu holatlar mintaqa uchun katta xavf xatarlar olib kelishi mumkin ekanligining oʻzi Oʻzbek va Qirgʻiz yetakchi guruhlarini qoʻrquvga soladi.

Demak Rossiya Markaziy Osiyoda harbiy mustamlaka holatini kuchaytirish yoʻli bilan boʻlsa ham, uni oʻz taʼsiri ostida ushlab qolmoqchi. Chunki unda AQSHning iqtisodiy va xalqaro siyosatdagi taʼsir etish quvvati yoʻq.

Shundan kutiladiki, Oʻrta Osiyo mamlakatlarining Gʻarb olami bilan yaqinlashishlari kuchayib boraversa, Rossiya ham oʻzining iflos fitnakash amaliyotlarini kuchaytiradi. Lekin bu mamlakatlar Gʻarb olamidan kutilayotgan imkoniyatlardan voz kechishsa, iqtisodiy ahvollari bugungi kundagidan ham battarlashib boraveradi. Rossiya esa, bizni oʻzi bilan birga iqtisodiy inqiroz botqogʻiga gʻarq qilib boraveradi. Demak, Rossiya bizga tahdid solish yoʻli bilan iqtisodiy qashshoq holatda boʻlsa ham, bizni oʻz taʼsiri ostida ushlab qolishni xohlaydi. Yuqoridagi Qirgʻiz yetakchilarining rasmiy talablar bilan mamlakatimizga harbiy bazasini olib kirishini soʻranishayotganiga qarasak, Qirgʻiz elitasi va hukumati ushbu xiyonatda Rossiya bilan sherik ekaniga guvoh boʻlamiz!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.