Qirgʻizistonda Rossiyaning yana bir harbiy bazasi paydo boʻlishi mumkin

639
0

Qirgʻizistonda Rossiyaning yana bir harbiy bazasi paydo boʻlishi mumkin

Qirgʻizistonning Rossiyadagi yangi elchisi Alikbek Jekshenkulov mamlakat janubida Rossiyaga qarashli ikkinchi harbiy bazaning ehtimoliy ochilishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, Kantdagi mavjud aviabaza butun Markaziy Osiyo uchun muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Bishkek esa uni kuchaytirish boʻyicha taklifni qoʻllab-quvvatlayapti. Shu bilan birga, yana bir bazaning ochilish ehtimoli istisno etilmayapti.

“Shuning uchun, menimcha, bu masala ikki mamlakat prezidentlarining mart oyida boʻlib oʻtadigan uchrashuvida muhokama qilinishi mumkin”, – dedi Jekshenkulov.

Uning taʼkidlashicha, Fargʻona vodiysining oʻziga xos xususiyatlarini ham eʼtiborga olish kerak, Qirgʻizistonning janubi uning bir qismi sanaladi. Qayd etilishicha, bu yerda ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xususiyatga ega qator dolzarb masalalar mavjud.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.