Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati qoʻzgʻolon koʻchalarida qoʻzgʻolonni xotirlab, keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazmoqda

517
0

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati qoʻzgʻolon koʻchalarida qoʻzgʻolonni xotirlab, keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazmoqda

Hijriy 1440 yil 8 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 14 yanvar dushanba kuni qoʻzgʻolon munosabati bilan keng koʻlamli turli tadbirlar va qoʻzgʻolon boʻlib oʻtgan koʻchalarda ommaviy namoyishlar oʻtkazildi.

Tadbirlarda Hizb toʻrtta interaktiv seminar oʻtkazdi. Ularda turli suratlar taqdim etildi hamda Hizb vakillari maʼruzalar qilishdi.

Birinchi maxsus seminarda Hizb boshlagan kampaniya bilan tanishtirildi. “Tunis mustamlakachilar mandati ostida… Islom bilangina xalos boʻlamiz… Allohdan ham goʻzal hukm qiluvchi kim bor” nomli ushbu kampaniyada ayni tadbirlar bilan bogʻliq maxsus disklar tarqatildi hamda Umar Arabiy birodarimiz kampaniya toʻgʻrisida nutq soʻzladi. Ikkinchi seminar shaxsiy erkinlik va tenglik qoʻmitasi qarorida kelgan “merosdagi tenglik” iddaosini qoralash mavzusida boʻldi. Bu haqda muhandis Vassom Atrash maʼruza qildi. Shuningdek, Hizbning ayni qarorni qoralash bilan bogʻliq chop etgan kitobchasi ham tarqatildi. “Hizb saqofati”, deb atalgan uchinchi seminarda Hizb adabiyotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmaga tashrif buyurganlarning kuchli taassuroti manzarasida Ustoz Hatim Xiyoriy ularni Hizb ut-Tahrir saqofati bilan tanishtirdi. Toʻrtinchi seminar “At-Tahrir” gazetasi taqdimotiga bagʻishlandi. Unda doktor Murod Muolij ishtirokchilarni gazeta bilan tanishtirib, uning soʻnggi sonini tarqatdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Hizb ut-Tahrir yigitlari butun qoʻzgʻolon koʻchalari boʻylab yoyilib, odamlar bilan turli sohalarda munozaralar olib borishdi. Odamlar ularni qoʻllab-quvvatlashdi.

Hizb ut-Tahrir yetakchiligida katta yurish uyushtirilib, unda qatnashchilar (Uyat… uyat… Mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolondan soʻng ahvol shu boʻlsa), (Yetakchimiz to abad sayyidimiz Muhammad alayhissalomdir), (Ey magʻrur Tunis yoshlari, harakatga kelinglar… yurtni ilmoniylik iflosliklaridan poklaylik) deya hayqiradilar.

Keyin ustoz Muhammadali ibn Solim yurish qatnashchilariga maʼruza qilib, malay hukmdorlar butun yurtni mustamlakachilik oʻchogʻiga aylantirishganini, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash vaqti allaqachon kelganini, faqat ushbu davlatgina mavjud rejimlar yovuzligiga chek qoʻyajagini taʼkidladi.

Keyin ustoz Xubayib Karboka soʻzga chiqib, mustamlakachi davlatlar islomiy yurtlardagi oʻzlarining malaylari yordamida ushbu Xalifalik daʼvatiga toʻsiq boʻlishga urinishayotgani, hozir Ummat zamoni kelgani, xavfsizlik va armiya doxil kuch-qudrat ahlining tabiiy oʻrni oʻz Ummati va dini safida ekani haqida soʻzladi!

Namoyish soʻnggida ustoz Toriq Rofe soʻzga chiqib, ushbu qoʻzgʻolon xotirasi qandaydir folklor ham, jarangdor-soxta shiorlar ham emasligini, balki hukmron siyosiy sinfga ularning omadsizligini, mustamlakachilarning minadigan ulovidan boshqa narsa emasliklarini eslatib qoʻyish xotirasi ekanini taʼkidladi. Barcha xolis insonlarni Tunisni malay va ojiz hukmdorlar qoʻlida zoye ketishdan qutqarishga daʼvat qildi.

Roya gazetasining 2018 yil 23yanvar chorshanba kungi 218-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.