Rossiyaning Qirgʻiziston va Tojikistondagi harbiy bazasida mashqlar boshlandi

751
0

Rossiyaning Qirgʻiziston va Tojikistondagi harbiy bazasida mashqlar boshlandi

24 dekabr, payshanba kuni Sibir, Ural va Volgaboʻyi kabi 15 mintaqada, shuningdek, mamlakatning Qirgʻiziston va Tojikistondagi harbiy bazasida Rossiya Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlarining mashqlari boshlandi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, qoʻshinlar birgalikda boshlangan qoʻmondonlik-shtab mashgʻulotlari doirasida oʻquv trevogasi boʻyicha koʻtarilgan.

Aniqlik kiritilishicha, mashgʻulotlar davomida qoʻshinlar koʻchma dala punktlari hududlariga joylashtiriladi, qoʻshinlarni barqaror boshqarish masalalarini amaliy rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, mashgʻulotlar avvaldan rejalashtirilgan va shu haftaning oxirigacha davom etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.