Gulbiddin Hikmatyor ham prezidentlikka nomzodini qoʻydi

669
0

Gulbiddin Hikmatyor ham prezidentlikka nomzodini qoʻydi

Afgʻoniston sobiq bosh vaziri, Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor 2019 yildagi prezident saylovida ishtirok etish uchun oʻz nomzodini qoʻydi.

Afgʻonistonda prezident saylovi 20 iyulda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Nomzodlarni roʻyxatga olish 20 yanvar kuni nihoyasiga yetadi.

Afgʻoniston Islom partiyasi 1976 yilda Hikmatyor tomonidan tashkil etilgan va pushtunlar manfaatlarini himoya qiladi. Hikmatyor prezidentlikka mustaqil nomzod sifatida daʼvogarlik qilishini bildirgan.

Maʼlum qilinishicha, Hikmatyor roʻyxatga olingan oʻninchi nomzod boʻlgan. Prezidentlik uchun kurashga “Afgʻoniston milliy kongressi” partiyasi rahbari Latif Pedram, Afgʻoniston Xalq-demokratik partiyasining sobiq faoli Muhammad Hakim Torsun, sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul, sobiq ichki ishlar vaziri Nur Ul Haq Ulyumi, Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Masud fondi rahbari Ahmad Vali Masud kirishishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.