Afg’onistonda yangi prezident nomi e’lon qilindi

797
0

Afg’oniston markaziy saylov komissiyasi sobiq moliya vaziri Ashraf G’anini mamlakatning yangi prezidenti deb e’lon qildi.

Mustaqil saylov komissiyasi raisi Axmad Yusuf Nuristoniy, “Mustaqil saylov komissiyasi doktor Ashraf G’anini Afg’oniston prezidenti deb e’lon qiladi”, -dedi.

Afg’oniston televideniesi orqali 21 sentyabr kuni jonli ko’rsatilgan marosimda Ashraf G’ani va Abdulla Abdulla shartnomaga imzo chekkanidan so’ng bir-birini quchoqladi.

Shundan so’ng so’zga chiqqan Hamid Karzay G’ani va Abdullani tabriklab, Afg’onistonda “tinchlik va farovonlik” hukm surishiga umid bildirdi.

Afg’onistonda prezidentlik saylovining birinchi bosqichi aprel oyida, yakuniy bosqichi esa iyun oyida bo’lib o’tgan edi.

Ashraf G’ani va Abdulla Abdulla saylovda g’olib chiqqanini iddao qilganidan so’ng, zo’ravonlik va milliy bo’linish yuzaga kelishining oldini olish maqsadida BMT va AQSh birlik hukumati tuzish tashabbusini ilgari surdi.

O’z xojalari chizib bergan chiziqdan bir qarich ham chetga chiqa olmaydigan “hokimlar” Afg’oniston hukumatini ikkiga bo’lib olishdi. Endilikda prezidentlik vazifasini Ashraf G’ani bajaradigan bo’lsa, ijroiya ishlarini Abdulla Abdulla yuritadigan bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.