Iordaniya hukumati tomonidan taqdim etilgan 2019 yil byudjeti odamlar qashshoqligini ham hukmdorlar malayligini ham yanada orttiradi

390
0

Iordaniya hukumati tomonidan taqdim etilgan 2019 yil byudjeti odamlar qashshoqligini ham hukmdorlar malayligini ham yanada orttiradi

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati hukumat taqdim etgan 2019 yil byudjeti loyihasiga qarshi chiqib, byudjetning 93 %ini soliq va tovon toʻlash orqali aynan odamlar tomonidan moliyalashtirilishini fosh etdi. Hizb bu loyihaning birin-ketin kelayotgan har bir hukumat loyihasidan yomonlikda aslo farq qilmasligini, har yil nihoyasida Vakillar palatasi jarchilari odamlarni rozi qilish uchun faqat ogʻizda jar solishayotganini, hukumatdan yo qoʻrqib, yoki ular bilan til biriktirib, mana shunday byudjetga ovoz berishayotganini maʼlum qildi! Hizb ut-Tahrir-Iordaniya viloyati tomonidan chiqarilgan varaqada, bu Iordaniya rejimining Sayks-Piko shartnomasi oqibatida siyosiy mustamlakachilik qarori bilan qanday paydo boʻlgani, Britaniya uni mustamlakachi Gʻarb va uning kapitalistik tuzumi bilan mustahkam bogʻlagani, real iqtisodiyot yaratish oʻrniga, unga yordamu kreditlar bergani, hatto uni bosqinchi yahudiylarning qoʻriqchisiga, Gʻarbning garoviga aylantirib qoʻygani bayon qilindi. Varaqada yana quyidagilar taʼkidlandi:

Byudjet siyosiy ish, bu bilan davlatning eʼtiqodi va iqtisodiy nizomi qanday ekanini bilish mumkin. Iordaniya qabul qilgan byudjetlar kapitalistik iqtisod nizomiga asoslangan. Kapitalistik iqtisod esa, korrupsiyaga, ekspluatatsiyaga hamda boylikni bir siqim manfaatparast shaxslar qoʻlida toʻplanib qolishiga olib keladi. Mudom rejim mustamlakachi davlatlar va ularning badboʻy kapitalistik tuzumiga garov boʻlib qolaverar ekan, yurt ham, yurt ahli ham tang-baxtsiz hayotdan boshi chiqmaydi.

Varaqada yechim haqida quyidagilar bayon qilindi:

Byudjet kamomadi, qarzdorlik va qashshoqlikdan chiqishning yagona yoʻli Islomga qaytish va uning ahkomlaridan yechim olishdir. Ana shunda davlat kirimlari ham, chiqimlari ham Islomdagi iqtisod nizomiga muvofiq boʻladi. Bu nizomda sudxoʻrlik harom qilingani bois, qarzdorlik sababli qaram boʻlib qolishdan va soliqxoʻrlik kabi tuzoqlardan qutulinadi. Shuningdek, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki kabi barcha global hukmronlik qurollari bilan aloqa uziladi. Xalos boʻlish va yurtni qutqarish yoʻli mana shu. Hizb ut-Tahrir siz musulmonlarni daʼvat qilayotgan narsa, yaʼni sizga hayot bahsh etadigan va alamli azobdan qutqaradigan narsa aynan mana shudir. Ummat yolgʻiz shu asosda oʻz energiyalaridan oqilona foydalanadi va olamga yetakchilik qilish rolini qayta egallab, unga insof, adolat va rahmat ulashadi.

Roya gazetasining 2018 yil 2 yanvar chorshanba kungi 216-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.