Tramp AQShda favqulodda holat e’lon qilishi mumkin

1079
0

Tramp AQShda favqulodda holat e’lon qilishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda faqulodda holatni e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Tramp Oq uyda OAVlariga bergan bayonotida ma’lum qildi. 
AQSh yetakchisi favqulodda holatni e’lon qilish uchun unga kongress tasdig‘i talab etilishini ta’kidlab o‘tdi.
22 dekabrda kongress demokratlarning byudjetni qabul qilishini rad etgandan so‘ng AQSh hukumati qisman ish faoliyatini to‘xtatdi. Byudjetda Meksika-AQSh o‘rtasidagi chegarada devor qurilishiga taxminan 5 milliard dollar sarflash ko‘zda tutilgan. 
AQSh prezidenti saylovdan oldin bu devor qurilishi haqida va’da bergandi. Shuning uchun hujjatdan bu harajatlarni olib tashlashni rad etmoqda.
Demokratlar 3 yanvar kuni kongressning quyi palatasida ko‘p o‘rinlarni olishdi va bu imkoniyatdan foydalanishga shoshilishdi – hukumat ishini moliyalashtirishni tiklash bo‘yicha qonun hujjatlar qabul qilish tasdiqlandi.
Biroq prezident va uning maslahatchilari kongress devorni barpo etish uchun 5,7 milliard dollarni qabul qilmasa bu tashabbusni to‘xtatishni ma’lum qildi. Demokratlar faqat 1,3 milliard dollar sarflashga rozilik bildirishmoqda.
Tramp byudjet inqirozi yaqin kunlarda hal bo‘lishiga umid bildirdi. Biroq qator federal idoralarning bir necha yil ish faoliyati to‘xtatilishi mumkinligini aytdi.
AQSh prezidentining fikriga ko‘ra, byudjet inqirozi kelgusi haftada hal etilishi mumkin. AQShda davlat chegarasini qo‘riqlash masalasini hal qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzildi. Uning birinchi yig‘ilishi dam olish kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.