Konstitutsiyani qabul qilish – qullikka rozi bo‘lishdir

335
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Konstitutsiyani qabul qilish – qullikka rozi bo‘lishdir

To‘g‘ri, konstitutsiyasiz yashash mumkin emas, men ham konstitutsiyaga qarshi emasman. Lekin kimning konstitutsiyani tanlashda ihtiyorlimiz. Men butun koinotni Yaratguvchisi, Mehribon va Rahimli Zot bo‘lgan Alloh Taoloning konstitutsiyani tanladim, men o‘sha Zotning quliman. “Ashhadu a(n)lla ilaha ill(o) Alloh, Muhammadur Rosululloh”ning haqiqati (Allohdan o‘zga qullik qilishga loyiq Zot yo‘q, Muhammad Uning rosuli ekaniga guvohlik beraman)ni tushunib, uni oshkora aytishim bilan shu qullikni e’lon qilganman. Sizchi, kimga qul bo‘lishni to‘g‘ri deb topdingiz? Taqdiringizni kimga topshirmoqdasiz, loaqal bu dunyoda farovon hayotni kafoatlab berishiga shubhasiz ishonasizmi? Siz og‘ir ahvolga tushib qolganingizda sizni esalaydimi, yordam beradimi? Kech bo‘lmasdan fikrlab ko‘ring. Eslatma mo‘minlarga foyda beradi degan hukmga binoan ba’zi narsalarga e’tiboringlarni burishni xohladim. Sizlarga eslatdim, Allohim O‘zing guvohsan!

وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّوا وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُ للِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَيْكُمْ حُجَّةٌ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِي وَلِأُتِمَّ نِعْمَتِي عَلَيْكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ(150)كَمَا أَرْسَلْنَا فِيكُمْ رَسُولًا مِنْكُمْ يَتْلُو عَلَيْكُمْ آيَاتِنَا وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمْ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُعَلِّمُكُمْ مَا لَمْ تَكُونُوا تَعْلَمُونَ(151)فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ وَاشْكُرُوا لِي وَلَا تَكْفُرُونِي(152

Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-al-harom tomonga buring! Va qaerda bo‘lsangizlar (ey mo‘minlar), yuzlaringizni o‘sha tomonga buring! Toki (ayrim) odamlar uchun sizlarning ustingizda hujjat bo‘lib qolmasin. Lekin ularning ichida zulm qilguvchilar ham borki, sizlar ulardan qo‘rqmangiz. Mendan qo‘rqingiz! Va toki sizlarga ne’matimni komil qilib berishim va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat topishingiz uchun shunday qilingiz. Shuningdek, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan, sizlarga Bizning oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga Kitob va Hikmatni (Qur’on va Hadisni) o‘rgatadigan va bilmagan narsalaringizni bildirgan bir payg‘ambar yubordik. Endi, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Menga nonko‘rlik  qilmangiz! [2:150-151-152]

Konstitutsiyani qabul qilishda, hech qaysi jonvorda bo‘lmagan, hatto farishtalarga ham berilmagan aqlimni ishlatdim. Ishni birinchi Koinotdagi jamiiyki narsalar; er, quyosh, oydan tortib kichkina zarralargacha, aqlim etganicha fikr yurgizdim, bor to‘plagan ma’lumotlarimni ishga soldim. Ularni har birida mavjud bo‘lgan qonunlarni kuchim etganicha o‘rgandim hamda ushbu qonunlarning Egasini jiddiy va uzoq izladim. Ammo, mayda zarralardagi “atom yadrosining atrofida neytron va proton aylanib turishi” kabi qonunlarni ham, er sharidagi “erning o‘z o‘qiga tortish kuchi bor”, “er o‘z o‘qi atrofida aylanadi” kabi qonunlarni ham egasi ko‘zga ko‘ringan narsalardan birortasi emasligini aniq bildim. “Hech bir narsa egasiz-avtorsiz bo‘lmaydi” degan aqliy qoidaga muvofiq, ularni Egasi bizni xissimizdan tashqarida, g‘oyibda bo‘lgan buyuk hikmat, cheksiz qudrat, nuqsonsiz ilm sohibi Rahimli va Mehribon Zot – Alloh Taolo ekaniga ishonch hosil qildim. Hamma narsa O‘sha Zotning mulki, U Zotbizlarni ham yo‘qdan bor qilgandir. U Zotga qullik qilish asl haqiqatni tan olishdir. …

Alloh Taoloning kitobi – Qur’on haqida, U Zotning elchisi – Rosullulloh (s.a.v) to‘g‘risida fikr yuritib, ularni haqiqatdan Alloh Taolo tarafidan yuborilgan ekanligiga zarracha gumonsiz ishondim. Allohga hamdlar bo‘lsinki, maxluqlarga sig‘inish, hatto o‘ziga o‘xshagan insonlarga qullik qilish xorligidan batamoman qutuldim hamda ko‘r-ko‘rona ota-bobolariga ergashgan musulmonlardan emas, balki Alloh Kur’onda bayon qilgan hujjatli mo‘minlardan bo‘ldim. Shu iymonimda umrimning ohirgi lahzalarigacha sobit qolishni Allohdan yolvorib so‘rayman:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

– «Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar». [4:65]

Bu konstitutsiya nuqsonsiz, mukammal, hamda hamma narsalarning bayonini o‘z ichiga olgan bo‘lsada, Alloh Taoloning borligini inkor qiluvchi komunistlarga hamda Alloh Taoloni hayotimizga aralashtirmaymiz, dinni hayotdan ajratish kerak deb da’vo qilguvchi demokratlarga yoqmaydi. Ular bor kuchlari bilan bunga qarshi chiqadilar. Bu qilmishlari bilan dindan chiqqan kofirlar bo‘lishini yuqorida keltirilgan oyat dalillab turibdi. Hatto johil-ilmsiz insonlar ham bu konstitutsiyaga-Qur’on va hadisga iymon keltirmasalar, o‘sha qonunlarni hayotga kelishi uchun harakat qilmasalar kofirlar bilan birga bo‘ladilar. Bu konstitutsiya-Islomni tan olish uni yaxshi o‘rganishdan boshlanadi. Shuning uchun kofirlar Islomni tushunib qolishimizga ham to‘sqinlik qilishda bor kuchlarini sarflamoqdalar.

Alloh Taoloning konstitutsiyasida insonlarning farovon yashashlari uchun to‘siq bo‘ladigan, halaqit beradigan birorta narsa yo‘q, aksincha, bu konstitutsiya ikki dunyo saodatiga erishtiradi, ya’ni bu dunyoda Alloh Taolodan boshqasiga: but-sanamlarga, xaykallarga, insonlarga qullik qilmasdan mag‘rur va farovon hayot kechirsalar, Oxiratda esa, abadiy hayotdagi makonlari jannat bo‘lishlari bilan shodlanadilar.

    Alloh Taoloning konstitutsiyasidan bosh tortib, insonlar ishlab chiqqan konstitutsiyalarni tanlagan kishilar bu dunyoda o‘sha konstitutsiyalarning avtorlariga kullik qilgan, ularni o‘zi uchun iloh qilgan bo‘ladi.

Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: «Men Nabiy(s.a.v)ning oldilariga keldim – bo‘ynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va «Baroat» surasidan mana bu:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar. [9:31] oyatni o‘qib, … shunday deganlarini eshitdim: «To‘g‘ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan … ».

Ey, mo‘minlar! Konstitutsiya haqidagi munosabatingiz engil narsa emas, ikki dunyodagi ahvolingizni hal qiluvchi bo‘lgan asosiy masaladir. Nafaqat Allohning konstitutsiyadan, balki Alloh Taoloning ba’zi hukmlaridan yuz o‘girishimizda halokat bor, buni Alloh Taolo quydagicha ogohlantirmoqda:

ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا لِلَّذِينَ كَرِهُوا مَا نَزَّلَ اللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِي بَعْضِ الأَمْرِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ () فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمْ الْمَلاَئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَارَهُمْ () ذَلِكَ بِأَنَّهُمُ اتَّبَعُوا مَا أَسْخَطَ اللَّهَ وَكَرِهُوا رِضْوَانَهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَالَهُمْ () إِنَّ الَّذِينَ ارْتَدُّوا عَلَى أَدْبَارِهِمْ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْهُدَى الشَّيْطَانُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَى لَهُمْ

– „Albatta, o‘zlariga hidoyat (yo‘li) aniq-ravshan bo‘lganidan keyin yana ortlariga (kufrga) qaytib ketgan kimsalarga (bu ishlarini) shayton chiroyli qilib ko‘rsatdi va ular uchun (puch orzu-xayollarni) uzun qilib qo‘ydi. Bunga (ya’ni kufrga qaytib ketishlariga) sabab ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qur’onni) yomon ko‘rgan kimsalarga: «Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz», deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning yashirgan (sirlar)ini bilur. Endi – farishtalar ularning yuzlari va orqalariga urib, jonlarini olar vaqtida (ularning hollari) qanday bo‘lur?! Bunga (ya’ni o‘lim soatidagi bunday azobga) sabab ularning Allohni g‘azablantirgan narsaga (ya’ni munofiqlik yo‘liga) ergashib, U zotning rizoligini (ya’ni mo‘minlar bilan birga kofirlarga qarshi turishni) yomon ko‘rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning (qilgan yaxshi) amallarini ham behuda ketkazdi“. [47:25-28]

Biz har bir ishda Alloh nozil qilgan hukmga murojaat qilishimiz iymonning qat’iy talabidir. Havoi-nafsimizga egashishimiz halokat, zalolat va fitna va musibatlarning asosi. Alloh Taoloning quyidagi oyati haqida fikr yuritingda:

وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنْ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ  أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling! Agar (Sizning hukmingizdan, ya’ni Islomdan) yuz o‘girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat etkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan ko‘plari fosiqdirlar. Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?!”  [5:49,50]

Mavzu’ni yaxshirok tushunish uchun saytimizdagi “Allohning konstitutsiyasi hayotda mavjud emasligining asosiy sababi” kabi maqolarni ham o‘qib chiqing.

Allohning Quli Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.