Xitoyning musulmonlarga qarshi repressiyasi Qozoq va Qirgʻiz millatini ham chetlab oʻtmadi

1469
0

Xitoyning musulmonlarga qarshi repressiyasi Qozoq va Qirgʻiz millatini ham chetlab oʻtmadi

Oxirgi kunlarda “Ozodlik radiosi” Xitoy hukumati Qirgʻiz millatiga mansub fuqorolarini ommaviy qamay boshlayotganligi haqida bir qator maʼlumotlar tarqatdi. Avvalroq Qozoq millatiga nisbatan repressiv harakatlar borayotgani haqidagi mavzularni yoritgan edi. Musulmonligi uchun erkak va ayollarni, ularning iborasi bilan aytganda “qayta tarbiyalash lageri”ga olib kirib ketishayotgani sababli, qarovsiz qolayotgan bolalar, yurtini tashlab qochayotgan bevalar haqida vidiomateriallar tarqatilmoqda.

Xitoy, Islom va musulmonlarga qarshi ommaviy repressiv kurash olib borayotgani hech kimga sir emas. Bir necha million musulmonni qamab yubordi. Muammo Xitoyning zulmi biror millatga tegishlik boʻlib qolganida emas, balki muammo bu repressiyaga qarshi dunyo dvlatlarining beparvoliklaridadir! Bir necha million musulmon qamab yuborildi! Yana shuncha norisida goʻdaklar va qariyalar qarovsiz qashshoq holda kun kechirishyapti. Qozoq va Qirgʻiz millati ham musulmon ekanliklari sababli bu dahriylarning ommaviy zulmlaridan chetda qolishmadi. Bir qismi Qozogʻiston va Qirgʻizistonga qochib oʻtishgan boʻlishsa, qolganlaridan deyarlik darak olishning ilojisi yoʻq. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda bu ikki millat vakillaridan bir necha oʻn minglagani qoʻlga olinib daraksiz tomonga olib ketilgan. Hozirgacha ularning tirik yoki oʻlik ekanlaridan xabar yoʻq.

Qozoq hukumati Xitoyga qandaydir notalar yuborish bilan cheklangan boʻlsa, Qirgʻiz hokimiyati shuni ham qila olmadi! Chunki Qirgʻiz hukumati Xitoy bilan aloqasi uzilib qolishidan qoʻrqadi! Bular Xitoyning Qirgʻiziston yerlarini bosib olishlari uchun sharoitlar yaratishda davom etishyapti! Hatto Qirgʻiz millatchiligiga oʻzlarini sodiq va fidokor deb bilgan millatchi yetakchi guruh ham, Xitoyning Qirgʻiz millatiga qarshi zulmi haqida ogʻiz ochib, soʻzda boʻlsa ham ularni himoya qilib qoʻyishga yaramadi!

Xitoy hukumati esa, biz Islom va musulmonlarga qarshi qayta tarbiyalash ishlarini olib boryapmiz degan soʻzida qattiq turib olgan. Xalqaro hamjamiyat va islomiy mamlakat rahbarlari, hatto islomiy jamoalar vakillari ham bu muammoga jiddiy eʼtibor berishmayapti. Yaʼni jamoatchilik eʼtiborini hokimiyatlar tomon qaratib, ularni Xitoy hukumatiga qarshi yoʻnaltirish ishlari olib borilishi kerak edi. Islomiy yurtlar hokimlariga “Xitoy bilan barcha aloqalarini uzish kerak”, degan qattiq talablar qoʻyilishi kerak. Chunki ularga salohiyat egalaridir.

Imkonimiz boricha hukumatlarimizni Xitoy bilan har qanday muomalalarini uzishga chaqiraylik. Hech boʻlmaganda, hukumatlarimiz Xitoydan milliy va diniy birodarlarimizga qarshi zulmlarini toʻxtatishlarini talab qilishsin. Har qanday manfaatli muomalalar shu talablar bajarilishidan keyin amalga oshishini aytib, qatʼiyat bilan turishga chaqiraylik.  Shoyad shu harakatlarimiz bilan Xitoydan mazlum boʻlib borayotgan millionlagan musulmonlar uchun, Alloh oldida javobgarlikdan qutilib qolsak ajab emas!!!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.