AQSh Eronga qarshi keng miqyosli sanktsiyalarni eʼlon qildi

762
0

AQSh Eronga qarshi keng miqyosli sanktsiyalarni eʼlon qildi

 AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi 2 noyabr kuni Eronga qarshi sanktsiyalar matnini eʼlon qildi. Sanktsiyalar 5 noyabrdan kuchga kiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

 Hujjat matniga koʻra, yangi sanktsiyalar AQSh prezidenti Donalьd Trampning 8 maydagi Eron bilan yadro kelishuvidan chiqish haqidagi qarori izidan kuchga kirmoqda.

 Vazirlik qaroriga muvofiq, AQSh yurisdiksiyasida Eron hukumati va uning “Iranian Oil Company” hamda “Naftiran Intertrade Company” energiya kompaniyalari, shuningdek, Eron Markaziy banki bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar va kompaniyalarning barcha aktivlari muzlatiladi.

 Shuningdek, AQSh moliya vazirligi Eronning 700 ta tashkilotini sanktsiyalar roʻyxatiga kiritadi. Shu bilan birga, AQSh Eronni “SWIFT” banklararo tizimidan oʻchirib qoʻyishni xohlamoqda.

 AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning maʼlum qilishicha, Eronga qarshi sanktsiyalar insonparvarlik yuklariga taalluqli emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.