AQSh bosimiga qaramay Hindiston Rossiyadan S-400 sotib oladi

480
0

AQSh bosimiga qaramay Hindiston Rossiyadan S-400 sotib oladi

 Hindiston hukumati AQSh bosimiga qaramasdan Rossiyadan S-400 sotib olishga qaror qildi, deb yozmoqda Russia Today Desence Newsga asosan. Bu haqida “Sputnik” xabar qildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Hindiston oʻzining ushbu qarori haqida AQShni allaqachon ogohlantirgan. Rossiya va Hindiston orasida ushbu haqidagi hukumatlararo shartnoma 4-5 oktyabr kunlari Vladimir Putinning Hindistonga safari vaqtida imzolanadi.

“Rossiya prezidenti tashrifiga bir hafta qolganda Hindiston hukumati Rossiyadan, umumiy qiymati 5,43 milliard dollar boʻlgan beshta S-400 zenit raketa majmuasini sotib olishga haqida yakuniy qarorni qabul qilgan”, – deyilgan Defense News xabarida.

 Rossiya va Hindiston orasida S-400 majmuasini sotib olish haqidagi shartnoma dastlab 2016 yilda imzolangan edi. Rossiyaga nisbatan AQSh sanktsiyalari kiritilganidan soʻng Hindiston hukumatiga AQSh tomonidan turli yoʻllar bilan bosim oʻtkazila boshlangan va ular biroz vaqt “ikkilangan” edi.

Undan tashqari, Vladimir Putin tashrifi doirasida Hindiston Rossiyadan umumiy qiymati 2,2 milliar dollar  boʻlgan ikkita 1135-loyihaga mansub qoʻriqlash harbiy kemasini sotib olish haqida eʼlon qilinishi kutimlmoqda.

Shuningdek, Rossiya prezidenti tashrifi doirasida Hindistonda eng yangi Kalashnikov avtomati “AK-103”ni litsenziya asosida ishlab chiqarishni haqidagi shartnoma imzolanishi ham rejalashtirilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.