Eronga qaratilgan sanktsiyalar rasman boshlandi

472
0

Eronga qaratilgan sanktsiyalar rasman boshlandi

AQSh hukumati Eronga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarning birinchi qismini rasmiy ravishda amalga oshira boshladi. Yaʼni Eronning AQSh dollaridan foydalanishi, davlat obligatsiyalarini sotishi, oltin va boshqa qimmatbaho toshlar bilan hamda poʻlat, alyuminiy kabi metallar bilan savdo qilish va yoʻlovchi samolyot yoki uning ehtiyot qismlarini import qilishiga toʻsqinlik qilish uchun qoʻyilgan sanktsiyalar Vashington vaqt bilan 00:01 boshlab rasman kuchga kirdi.

Shuningdek, xorijiy kompaniyalar Eronning avtomobil sanoatiga kirishini oldini oladigan sanktsiyalar va qoʻlda tayyorlangan gilam va pista-yongʻoq kabi oziq-ovqat mahsulotlarini AQShga eksport qilish embargosi ham kuchga kirdi.

Energetika sohasini oʻz ichiga olgan sanktsiyalarning ikkinchi qismi 5 noyabr kuni kuchga kiradi. Bu holat soʻnggi oylarda inqiroz yoqasiga kelib qolgan Eron iqtisodiyotiga katta zarar yetkazishi aytilmoqda.

Eronning mehnat vaziri Ali Rabiiy ham Sanktsiyalar tufayli 1 million kishi ishsiz qolishi mumkinligini bildirib, AQShning bir tomonlama qadam tashlashi Eronga katta iqtisodiy zarar yetkazishiga ishora qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi qoʻllangan sanktsiyalarning yangidan joriy etilishiga doir kecha bergan bayonotida, sanktsiyalarning toʻliq rioya qilinishiga AQShning qarori qatʼiyligini va bu Eron bilan aloqasini uzmaganlar uchun jiddiy oqibatlarga sabab boʻlishini takidladi.

“Koʻplab xalqaro kompaniyalarning Eron bozorini tark etishi haqida bergan bayonotlaridan mamnunman. Baʼzi mamlakatlar, Erondan xom neft importini kamaytirish yoki toʻxtatishlarini eʼlon qilishdi. Biz Eron rejimini tahdidkor va beqaror faoliyatini oʻzgartirib, yangidan global iqtisod bilan birlashish yoki iqtisodiy izolyatsiya yoʻlida davom etishdan birini tanlashga majbur ekanligini namoyon qiladigan qadamlar tashlashga chaqiramiz”, dedi Tramp.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.