Jon Makkeyn: Tramp va Putin uchrashuvi fojiali xato

423
0

Jon Makkeyn: Tramp va Putin uchrashuvi fojiali xato

 Amerikalik senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donalьd Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xelьsinkidagi uchrashuvini “fojiali xato” deb atadi.

 Makkeynning fikricha, Putin va Trampning birgalikdagi matbuot anjumani “prezident Trampning eng sharmandali chiqishlaridan biri boʻldi”. Uning taʼkidlashicha, bu matbuot anjuman AQSh prezidentligi “tarixdagi eng past darajada ekanligini” koʻrsatdi.

 Senatorning aytishicha, Tramp oʻz adovati, xudbinligi, avtokratlarga rahmi kelishi bilan yetkazgan zararni “hisoblab chiqish qiyindir” va Trampdan avvalgi birorta prezident “zolim hukmdor oldida bunday tubanlashmagan”.

Senatorning fikricha, Tramp “oʻz raqibiga haqiqatni ayta olmagan”.

 “Prezidentimiz bizni qanday boʻlsak shunday, yaʼni oʻzida va xorijda erkinlik qadriyatlariga sodiq boʻlgan erkin odamlar davlati qilgan narsalarni himoya qila olmadi”,- deb aytgan Makkeyn.

 Uning aytishicha, AQSh prezidentlari bu qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlovchilar orasida birinchilar boʻlishi kerak.

 “Amerikaliklar Tramp bu masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishini kutmoqdalar va bunga ishonmoqdalar. Ular bekorga kutmayotganlariga umid qilish qolmoqda”,- deb soʻzlarini yakunlagan senator.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.