Suriyada Turkiya qurolli kuchlariga qarshi noroziik namoyishi uyushtirildi

645
0

Suriyada Turkiya qurolli kuchlariga qarshi noroziik namoyishi uyushtirildi

Suriya xalqi Kefer Zeyta va Latamina kabi viloyatlarda joylashgan Turkiya qurolli kuchlari nazorati ostidagi nuqtalarda norozilik namoyishlari oʻtkazdi. Namoyishlarda mintaqada Rossiya kuchlari amalga oshirayotgan bombardimonlarni bas qilish talabi yozilgan bannerlar Turkiya tarafga qaratildi. Buning sababi, birinchidan mazkur mintaqa xavfsizligini Turkiya davlati oʻz kafilligiga olgan boʻlsa, ikkinchidan Rossiya Turkiyaning Suriyadagi yaqin ittifoqchisi ekanligidir.

Ostona shartnomasiga koʻra Rossiya, Eron va Turkiyadan iborat kafil davlatlar tarafidan Suriyada “xavfsiz mintaqa” tashkil qilingan va u yerdagi vaziyatni nazorat qilish uchun Turk qurolli kuchlari tomonidan nazorat nuqtalari tashkil qilingan edi. Shunga binoan Turkiya qurolli kuchlarining Idlibda nazorat nuqtalari oʻrnatishi evaziga “xavfsiz mintaqa” sifatida Idlib va uning atrofida bambardimonlar toʻxtatilishi va bu mintaqada urush boʻlmasligi kerak edi.

Ammo Idlib va uning atrofida toʻxtalishi kerak boʻlgan bombardimonlar va qirgʻinlar hech toʻxtamagach, ​​bu safar kafil mamlakatlardan biri boʻlgan Turkiyaga nisbatan mintaqada qarshi reaktsiyalar yuzaga kela boshladi. Chunki Turk qurolli kuchlarining nazorat nuqtasiga qaramay, Rossiya hozirgacha havo hujumlarini toʻxtatmadi va hali ham davom etmoqda

Yaqinda, Idlib va Hama atrofidagi mintaqalar Asad rejimi va Rossiya kuchlari tomonidan ogʻir artilleriya bilan bombardimon qilinishi oqibatida bir qancha odamlar hayotdan koʻz yumdi va bu mintaqaga katta zarar yetishiga sabab boʻldi.

Shuningdek, namoyishlarda Turkiyaning Suriya xalqiga koʻrsatgan yordamlaridan ham koʻz yumilmadi. Turli shiorlar va bannerlar orqali Turkiya xalqiga nisbatan sevgi-muhabbatlar izhor etildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.