Putin: Rossiya yoki suveren boʻladi, yoki umuman boʻlmaydi

659
0

Putin: Rossiya yoki suveren boʻladi, yoki umuman boʻlmaydi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maʼlum qilishicha, rus xalqi har doim suverenitetni tanlaydi.

 “Men Rossiya yoki suveren boʻlishi, yoki u umuman boʻlmasligidan kelib chiqmoqdaman. Albatta, Rossiya xalqi har doim birinchisini tanlaydi”, – deya aytib oʻtdi Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga bergan intervьyusida.

 Shuningdek, Putinning aytishicha, Rossiya xalqaro arenada xalqaro huquq printsiplariga rioya qiladigan, hamkorlar manfaatiga hurmat bilan qaraydigan va oʻz manfaatlariga zarar yetmasligini kuzatib boradigan davlat sifatidagi oʻrni yoʻqolmasligiga jiddiy eʼtibor qaratib boradi.

 Putinning maʼlum qilishicha, Amerika tomoni bosimi ostida Rossiyaga qarshi sanktsiyalar joriy qilgan davlatlar bu choralarni endi oʻzida sinab koʻradi.

 Uning ishonch bildirishicha, sogʻlom fikr asta-sekin gʻalaba qozonadi, jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan barcha noqonuniy cheklovlar esa bekor qilinadi. Uning qoʻshimcha qilishicha, barcha hamkorlar, shu jumladan, Amerika tomoni bilan ham munosabatlar yaxshilanadi. Putinning taʼkidlashicha, “Qoʻshma shtatlar pozitsiyasiga qoʻshilib Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritgan davlatlar AQSh sanktsiyalaridan endi oʻzi jabr koʻrmoqda”.

 “Men buni xursandligim yoki istehzo bilan aytayotganim yoʻq. Bu vositalar universal ekani isbotlanmoqda hamda ularni joriy etish barchaga, jumladan, bunday tashabbus bilan chiqqanlarga ham zarar yetkazishi oydinlashib boryapti”, – deya maʼlum qildi Putin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.