Atamboyev sukutni buzdi

504
0

Atamboyev sukutni buzdi

 Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sukutni buzdi va bugun siyosiy bayonot berdi. Bu haqda 24.kg xabar qilmoqda.

 “Mamlakat sobiq bosh vaziri, QSDP raisi oʻrinbosari Sapar Isakov va Davlat bojxona xizmati sobiq raisi Kubanichbek Kulmatovning qoʻlga olinishi bu – korruptsiya bilan kurash emas. Korruptsiya bilan kurashgan odamlarning aynan oʻzi korruptsiyada ayblanib hibsga olindi. Sapar Isakov hukumati joriy yilning 4 oyi dvomida 5 mlrd soʻmlik byudjet profitsitini taʼminladi. Bu mustaqil Qirgʻiziston tarixida ilk bor kuzatildi”, – deyiladi matnda.

 “Davlat arboblarini hibsga olish haqidagi qaror bu – doʻstlarning qasosi. Bu holat Raim-millionga aloqador boʻlishi mumkin, uning ishdan boʻshatilganidan soʻng ijobiy vaziyat kuzatildi hamda bojxona toʻlovlari keskin ortdi”, – deydi Atamboyev.

 Shuningdek, uning fikricha, QSDP boshqa aʼzolari, jumladan Jalolobod sobiq hokimi Salaydin Avazov va Jogorku Kenesh deputati Osmonbek Ortikbayevning jinoiy taʼqib etilishiga ham siyosiy sabab bordir.

 Atambayevning soʻzlariga koʻra, javobgarlikka Sapar Isakovni emas, balki IESning eski qismida avariya yuz berishiga hamda Bishkek aholisining sovuqda oʻtirishiga sababchi boʻlganlarni tortish kerak.

 “Baʼzi shaxslar prezident Sooronbay Jeenbekovni xavfli yoʻlga boshlamoqda. Men uni bu haqda ogohlantirgandim. Qirgʻiziston xalqi baribir bu jinoiy ishlarni qoʻzgʻatishga nima sabab boʻlganini bilib oladi va bu jarayonning barcha ishtirokchilariga baho beradi”, – degan Atambayev.

Turkiston:

Qirgʻizistonda yetakchi guruh almashdi-yu, lekin boshqaruv sistemasi yana oʻz joyida qoldi! Yangi yetakchi guruh ham, avvalgilari singari sud, prokuratura va boshqa kuch organ tarmoqlarini oʻz qoʻllariga oldi. Bular ham oʻz salohiyatlaridan foydalanib, oʻzlariga noqulay boʻlgan siyosiy kuch va shaxslarni jamiyatdan va siyosiy maydondan chetlatib borishyapti.

Atambayev oʻta zaif siyosatchi va oʻz oʻrniga nomunosib prezident edi. Lekin uni bartaraf qilish va undan keyin uning guruhini yoʻq qilish mexanizmi har qanday yangi kelgan yetakchi guruhni yaqin kelajakda xuddi avvalgilari singari haddidan oshgan, xudbin va hokimiyatni suistimol qiluvchi korruptsionerlarga aylantirib qoʻyishida shak shubha yoʻq. Bunga Raim Matraimov (million), Suyun Umurzakov singari xalq tanigan jinoyatchilar, faqat yangi yetakchi guruh bilan til biriktira olgani uchun javobga tortilmay qolishi misol boʻla oladi! Negaki hokimiyat almashgani bilan boshqaruv sistemasi almashgani yoʻq. Eski va yangi yetakchi guruhlarning barchasi bitta siyosiy doiraning vakillari boʻlib, bir xil qoidaga, yaʼni kufrga asoslangan kapitalistik boshqaruv sistemasi printsiplaridan kelib chiqqan boshqaruv sistemasiga rioya qilishadi. Shuning uchun bu guruhlarning birortasidan umid yoʻq!……

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.