Sapar Isakov qamoqqa olindi

683
0

Sapar Isakov qamoqqa olindi

 Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qirgʻiziston sobiq bosh vaziri Sapar Isakov korruptsiya boʻyicha jinoiy ishni surishtiruvdan oʻtkazish doirasida qamoqqa olindi.

 “Bishkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan sobiq bosh vazir Isoqovga ehtiyot chorasi oʻzgartirildi”, – deyiladi xabarda. Isakov sud qaroriga koʻra, MXDQ tergov izolyatorida tergov muddati oxiriga qadar qoladi.

 “Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 29 mayida tergov qilinayotgan hamda Bishkek shahri IES modernizatsiyasidagi korruptsiya holati boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoiy ish doirasida, sobiq bosh vazir Isakovga respublika jinoyat kodeksining “Korruptsiya” moddasi boʻyicha ayblov qoʻyildi va shaharni tark etmaslik haqida yozma bildirishnoma koʻrinishida ehtiyot chorasi tanlandi”, – deya taʼkidlab oʻtishgan MXDQdan.

 Isakov Qirgʻiziston hukumatini oʻtgan yilning avgustida, avvalgi prezident Almazbek Atamboyev hukmronligi vaqtida boshqardi. Parlament qaroriga koʻra, u sakkiz oydan soʻng lavozimidan chetlatildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.