Putin AQSh bilan munosabatlar holatini maʼlum qildi

619
0

Putin AQSh bilan munosabatlar holatini maʼlum qildi

 RIA Novosti bergan xabarga koʻra, Rossiya AQSh bilan munosabatlar darajasidan va xarakteridan qoniqish hosil qilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib oʻtdi.

 “Ammo biz albatta Rossiya-Amerika munosabatlari darajasi va xarakteridan qoniqish hosil qila olmaymiz”, deya javob qaytargan Putin AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan munosabatlarning keyingi holati qanday boʻlishi haqidagi savolga.

 Shuningdek, u Rossiya AQSh bilan muloqotga tayyorligi, ammo bu amalga oshmayotganini taʼkidlab oʻtgan.

 “Biz bunday muloqotga tayyormiz. Janob Tramp alohida uchrashuv oʻtkazishni taklif qilgan, ammo koʻp muammolar paydo boʻlib, bu uchrashuv oʻtkazilmay qolmoqda. Ammo biz bu muloqot oʻtkazilishi tarafdorimiz. Menimcha, hozir shunday muloqot oʻtkazishning ayni payti”,- degan Rossiya prezidenti Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yigʻilishi vaqtida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.