Tojikistonda masjid imomlari uchun majburiy teatri sahnasi tashkil qilindi

452
0

Tojikistonda masjid imomlari uchun majburiy teatri sahnasi tashkil qilindi

Tojikistonda yozuvchi Mansur Surushning “Diniy aqidaparastlik”ka bagʻishlangan “Suv ​​va olov” asari asosida tayyorlangan teatr sahnasini tomosha qilish uchun masjid imomlari va diniy ulamolar majburiy tarzda jalb qilindi. Bu haqida “Radioi ozodi” axborot agentligi xabar tarqatdi.

Agentlikning xabariga koʻra, teatr sahnasini birinchi oʻrinda diniy idora va urf odatlarni tartibga solish muassasasining xizmatchilari tamosha qilishgan. Ulardan soʻng tez kunlarda Hisor vodiysining masjid imomlari va xodimlari ushbu sahnani tomosha qilish uchun hozirlik koʻrishmoqda. Mazkur teatr sahnasi mamlakat boʻylab barcha masjidlarning imom xatiblari va xodimlari tomonidan birin ketin tomosha qilinishi koʻzda tutilgan.

“Suv ​​va olov” asari asosida tayyorlangan teatr sahnasi fevral oyidan boshlab taqdim etila boshlangan. Rahbarlarning fikriga koʻra, bu sahna fuqarolik jamiyatida diniy bagʻrikenglik (boshqa dinlarni ham tan olish) haqida tushuncha beradi va diniy aqidaparastlikni fosh etadi.

Oʻz nomini oshkor qilishni istamagan teatr xodimlaridan birining radioga bildirishicha, diniy idoraning masʼul xodimlari teatr sahnasini tamosho qilayotgan payda zaldan “Nauzubillah” va “Astagʻfirulloh”, degan ovozlar koʻtarila boshlagan.

Tojikistonda 2014 yildan boshlab imomlar davlat maʼmurlari sifatida byudjetdan maosh olib keladi. Misol uchun, Tojikiston din olimlari markazining rahbari Saidmukarram Abdukodirzoda 2000 somoniy (220 dollar), markaziy masjidlar imomlari 1500 somoniy (170 dollar) va masjid imomlari 800 somoniy (taxminan 90 dollar) maosh oladi. Boshqa diniy amaldorlar va  xodimlarga esa ish haqi toʻlanmaydi.

Turkiston:

Xorlik bu – biror manfaatni qoʻlga kiritish yoki baloni daf qilish maqsadida, oʻz eʼtiqodiga zid tushunchalarni maʼqullab yashashdir!

Xorlikning tubi boʻlmaydi! Shuning uchun xorlikni – tubanlik deb ham atashadi. Xorlik avval boshida uni qabul qilishdan boshlanadi. Keyingi davom etayotgan xorlanish hayoti, tubanlik deb ataladi!

Olamiy kufr sistemasi Islom ulamolaridan iborat moʻʼtadil musulmonlar armiyasini paydo qilib, bundan buyon ularning nomidan ish olib borish uslubiga oʻtishni koʻzlamoqda. Buning uchun ular maʼlum miqdordagi xorlikni koʻtara oladigan yetakchi musulmonlarni moddiy qoʻllab quvvatlash orqali oʻz tomoniga ogʻdirib olishdi. Ular kufrga rozi boʻlibgina qolmay, kufrga islomiy tus bera oladigan darajada sodiq boʻlishlari kerak. Shuning uchun kufr ularni yuqoridagi xolat singari har xil uslublar bilan doim tekshirib boradi!

Demak, xorlikka olib boruvchi har qanday taklif, avval boshidan inkor qilinishi kerak! Kufr islomiy manfaat uchun haq toʻlashi mumkin emas! Olamiy kufr sistemasi makkor va qabih, lekin aqlsiz ahmoq emas! Ular tomonidan Islom va musulmonlar uchun koʻrsatilgan har bir moddiy yordam ostida albatta kufr manfaatlari yotadi. Buni har birimiz oʻzgarmas haqiqat ekanini tan olishimiz hamda Islomiy manfaatlarni roʻyobga chiqarish maqsadida kufr bilan murosa va hamkorlik qilishga qaratilgan barcha harakatlardan voz kechishimiz kerak!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.