Peskov: Biz yadro raketalariga oid shartnomani hech qachon buzgan emasmiz

420
0

Peskov: Biz yadro raketalariga oid shartnomani hech qachon buzgan emasmiz

AQSh prezidenti Donald Tramp Moskvani oʻrta va qisqa masofali raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomani buzganlikda ayblab, Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar tayyorlashga buyruq berishi ortidan Kreml ham bunga qarshi bayonot berdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya oʻrta va qisqa masofali yadro raketalariga barham berish toʻgʻrisidagi shartnomani hech qachon buzmaganlgini bildirdi. Peskovning taʼkidlashicha, Rossiya bu borada oʻz majburiyatlariga diqqat bilan rioya qilib kelmoqda va buni davom ettirish niyatida.

“Rossiya bu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarib kelmoqda va biz ushbu majburiyatlarni bajarishni davom ettirish niyatidamiz. Shuning uchun ham (Trapmning) bu daʼvosi oʻta hayratlanarli”, dedi Peskov.

Oʻrta va qisqacha masofali raketalarni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnoma 1987 yilda Qoʻshma Shtatlar va Sovet Ittifoqi oʻrtasida imzolangan. Mazkur shartnoma AQSh oʻsha paytdagi prezidenti Ronald Reygan va Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachev tomonidan imzolangan. Oʻshanda ikki davlat oʻrtasida har qanday ballistik, qanotli yoki oʻrta masofali raketalarni ishlab chiqarmaslik, sinovdan oʻtkazmaslik va joylashtirmaslik ustida bitim tuzilgan edi.

Shuningdek, tomonlar 1000-5500km oraligʻida oʻrta masofaga ega boʻlgan va 1000-500km oraligʻida qisqa masofaga ega boʻlgan barcha raketa tizimlarini yoʻq qilishni vaʼda qilgan. 1991 yil may oyiga kelib, Shartnoma toʻliq amalga oshirildi. Sovet Ittifoqi 1792 ballistik va qonotli raketani yoʻq qildi, Amerika esa 859 raketani yoʻq qildi.

Taʼkidlash joizki, shartnomaning muddati cheklangan emas. Lekin har bir tomon undan chiqishi zarurligini qoniqarli darajada isbotlagandan soʻng uni bekor qilish huquqiga ega. Oxirgi paytlarda Rossiya va Qoʻshma Shtatlar bir-birini mazkur shartnomani buzganlikda ayblanmoqda. AQSh Rossiyani yangi qurol-yaroqlarni ishlab chiqish va bu sohani rivojlantish uchun mablagʻ ajratish ayblasa, oʻz navbatida Rossiya AQShning uchuvchisiz uchoqlarni rivojlanishda ayblab keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.