Putin: Dunyodagi terrorchilik harakatlarining 95 foizini MRB amalga oshirgan

504
0

Putin: Dunyodagi terrorchilik harakatlarining 95 foizini MRB amalga oshirgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun dunyo boʻylab uyushtirilgan terror hujumlarning 95 foizini AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan tashkil qilinganligini daʼvo qildi. Putinning soʻzlariga koʻra, 2017 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida uyushtirilgan metro hujumi ham ushbu haqiqat asosida koʻrib chiqilishi kerak.

“Agar MRBning qoʻli ruslarning qonlariga belangan boʻlsa, ular rus ayigʻini tinch uyqudan uygʻotgani uchun uzoq afsus-nadomatda qolishadi”, dedi Rossiya Prezidenti.

Shuningdek, Vladimir Putin AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi davlatning iflos ishlarini amalga oshirib kelayotgan tashkilot ekanligini hamda u dunyo oligarxiyasi va yangi dunyo tasvirining ifodasi ekanini bildirdi.

Vladimir Putinning taʼkidlashicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bugungi kunda Amerikaning bir qismi sifatida mavjud boʻlsada, biroq aslida u amerikaliklarning manfaatini himoya qilmaydi.

“Markaziy razvedka boshqarmasi Amerika xalqining manfaati uchun ishlamaydi va ularning manfaatlariga muvofiq harakat olib bormaydi”, dedi prezident Putin.

Sankt-Peterburgda uyushtirilgan hujum matbuotda oʻrin olgani kabi uni taxtdan agʻdarish uchun olib borilayotgan rejalarning boshlangʻich qismi haqidagi savolga Putin “Meni yoʻq qilish metrodagi bir hovuch qalangʻi-qasangʻining qoʻlidan keladigan ish emas”, deya javob berdi.

Putin shuningdek, ommaviy axborot vositalari va siyosat tarafidan tuzilgan vositalar orqali insoniyat ongsizlashtirilayotganligiga urgʻu berdi.

Turkiston:

Putin Rossiyani boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻydi. U endi, xalqaro giosiyosatdagi oʻzgarishlarda Rossiyaning manfaatlari oyogʻosti boʻlib borayotganida AQShning tashqi razvedkasini ayblay boshladi. Nima boʻlganida xam Putin haqiqatni ocha boshlabdi. Bu uning avvalgi “dunyoda barcha terrorchilik amaliyotlar musulmonlar tomonidan amalga oshiriladi” degan pozitsiyasidagi boʻhtonlariga nisbatan, haqiqatga yaqin bayonoti boʻldi. Savol tugʻiladi:  oʻshancha foizini MRB amalga oshirgan boʻlsa, qolgan foizi kim tomonidan amalga oshiriladi?! Sank Peterburgdagi qoʻporuv amaliyoti MRB tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, unda aybga tortilgan musulmonlar endi oqlanadimi?! Islom va musulmonlarga shuncha yillardan buyon boʻhton qilib keldinglar, endi oʻzlaring buni tan olganlaringdan keyin ulardan rasman kechirim soʻraysizlarmi?!…

Putin, Rossiyani yetakchi davlatlar safidan tushib borayotganini tan olishga tayorgarlik koʻryapti. Shuning uchun u Gʻarb bilan yomonlashib borayotgan siyosiy, iqtisodiy aloqalarini oʻnglashga harakat qilayotgani yoʻq. Aksincha, endi harbiy tomondan ham keskin holatga olib borishi mumkin boʻlgan vaziyatga qarab ketyapti. U avval Islom va Musulmonlar xavfidan ogohlantirish maqsadida oʻz fuqorolarini portlatib yuborar edi! Qarasaki, Rossiyaning asosiy qismi Musulmonlardan iborat ekan. Bu giografik jihatdan AQShga provokatsiya qilishi uchun oʻta qulay holat. Shuning uchun endi u Islom va Musulmonlar nomidan emas, MRB nomidan qoʻporuv ishlari olib bormoqchi koʻrinadi. Bu bilan Putin Rus xalqini Gʻarb olami bilan aloqasini bira toʻla uzib yubormoqchi boʻladi. Chunki u, endi yaqin kelajakda Rossiya xalqining yashash sharoitlarini yevropa darajasiga olib chiqa olmaydi. Aksincha, tubanlashib boraveradi. Shuning uchun siyosiy va iqtisodiy tuban holat paydo boʻlib borayotganida, Putin oʻzidan boshqa aybdorlar axtarayapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.