Qayumshoh bobo 92 yoshida egiz farzandli boʻldi!

783
0

Qayumshoh bobo 92 yoshida egiz farzandli boʻldi!

Tojikistonning Vaxsh tumani turgʻuni Qayumshoh bobo 92 yoshida Bilol va Hilolbibi ismli egizaklarning otasi boʻldi.

Qayumshoh boboning ismi bundan uch yil muqaddam, yaʼni 2014 yilda mahalliy axoborot vositalarning davr mavzusiga aylangan edi. Oʻshanda Bobo 90 yoshida qiz farzandli boʻlgan edi. Endilikda Fotima ismli qizi 3 yoshga kirdi. “Xatlon” nashrining yozishicha, Qayumshoh bobo avvalgi ayolidan 6 farzandi; 2 qiz va 4 oʻgʻli bor boʻlib, keyingi nikohidan Xudo unga yana 4 farzand berdi – Abdurahim, Fotima, Bilol va Hilolbibi . Qayumshoh bobo umr yoʻldoshi vafotidan keyin, 2010 yil 85 yoshida yangi oila qurdi. Qayumshoh otaning eng toʻngʻich farzandi Niholbi 61- yoshda, eng toʻngʻich nabirasi esa 40 yoshga toʻlgan, birinchi evarasi 17 yoshga kirdi.

Qayumshoh Halimov 1924 yilning 20 fevralida Tojikistonning Sari Xosor qishloqida dunyoga kelgan. 1942 yilda hamma qatori Ulugʻ vatan urushida ishtirok etib, urush tugagach yana 2 yil Germaniyada xizmatda boʻlgan. Qahramonota – Qayumshoh boboning endilikda 10 farzand, 40 nabira va 46 evarasi bor. Jurnalistlarning “Farzand va nevaralaringiz farzandli boʻlishingizga qanday munosabat bildirishadi. Ular sizga yomon gaplar aytib, mazammat qilishmaydimi?- degan savollariga Ota bunday javob berdi: -“yoʻq, aksincha meni qarilik chogʻimda farzandli boʻlishimdan ular juda xursand, ukalari va singillarini yaxshi koʻrishadi”.

Qayumshoh otaning oʻzidan anchagina yosh boʻlgan ayoli ham oʻz munosabatini bildirib shunday deydi: -“ Menga shunday shirin farzandlarni inʼom etgan Allohga shukurlar aytaman”.

Qayumshoh otaning barkamol farzandlari onalari vafotidan soʻng Otalariga suyanchiq, yordamchi boʻlsin deb uni yana bir marotaba uylantirishdi. 7 yil mobaynida Otalari ularga yana ikki uka va ikki singil hadya etdi.

Ekspertlarni aytishiga qaraganda, yoshi oʻtgandan keyin oilali boʻlib, farzand koʻrish ijtimoiy hayotda yomon oqibatlarga sabab boʻladi. Ayniqsa , avvalgi ayolidan qolgan avlod va keyingi nikohidan tugʻulgan farzandlari orasida ixtilof yuzaga kelishi mumkin… .

Yuqoridagi gap dunyoviy tahlilchilarning fikri boʻlib, ular insoniy cheklangan aqlidan kelib chiqib, voqeʼlikdan hukm olishga oʻrganib qolishgan.

Bizlarga esa Islom aqidasining oʻzi kifoya. Agar farzandlarimizni goʻdaklik chogʻidanoq sharʼiy tarbiya qilsak, hatto agar 10-15 farzandli boʻlsak ham ular orasida aslo ixtilof chikmaydi inshoAlloh.

Qolaversa, Allohning barcha hukmlarida hikmat yashirin.

Anas (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Rasulalloh (s.a.v.) dedilar:

من حديث أنس بلفظ: تزوجوا الودود الولود فإني مكاثر بكم يوم القيامة

” Mehribon, muhabbatli va avlod keltiruvchi ayollarga uylaninglar. Chunki men Qiyomat kunida sizlarning koʻpligingiz bilan faxrlanaman”.

Assalomu alaykum.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.