Rossiya ShHT aʼzolarini 8000 nafar qurollangan jangchilar bilan qoʻrqitdi

936
0

Rossiya ShHT aʼzolarini 8000 nafar qurollangan jangchilar bilan qoʻrqitdi

Suriyadan Afgʻonistonga oʻtgan 8000ga yaqin jangarilar Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu haqida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati boshligʻining birinchi oʻrinbosari general Sergey Smirnov Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 32 uchrashuvida maʼlum qildi.

“Suriyada terroristlar magʻlubiyatga uchragandan soʻng u yerdagi qurolli jangarilar Eron va Turkiya chegaralari orqali Afgʻonistonning shimoliy hududlariga oʻtgan. Bu maʼlumot ShHTga aʼzo davlatlarning xavfsizlik va razvedka organlari tarafidan aniqlandi”, deya taʼkidladi Smirnov.

Smirnovga koʻra, Afgʻonistonga koʻchib kelayotgan jangarilar orasida sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning koʻplab fuqarolari mavjud.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv davomida ishtirokchilar “terrorchilik” tahdidini minimal darajaga kamaytirish uchun qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishga kelishib olgan. Kelishuvga koʻra, ShHTga aʼzo davlatlarning vakolatli xavfsizlik organlari oʻrtasida, “terrorchilik” faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslar haqida axborotlarni bir birlari bilan oʻrtoqlashadilar hamda bu odamlarning Afgʻoniston hududiga kirib kelishiga toʻsqinlik qilish uchun chegara soqchilari tomonidan ularning shaxslariga aniqlik kiritiladi. “Terrorchilar”ning internet tarmogʻi orqali oʻrnatgan aloqalarini aniqlash ham ushbu kelishuv jumlasidandir.

Shuningdek Smirnov soʻnggi toʻrt yil mobaynida ShHT davlatlarining razvedka xizmati 600dan ziyod tayyorgarlik bosqichida boʻlgan “terroristik” amaliyotni barbod qilganligini va 500dan ortiq “terrorchilar”ni tayyorlash bazalarini vayron qilganligini qoʻshimcha qildi.

ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining  32 uchrashuvida sakkiz mamlakatdan, yaʼni Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Hindistondan vakillar ishtirok etdi.

Turkiston:

Baxtga qarshi Afgʻonistondan boshlanib kelayotgan vaziyatlar Oʻrta Osiyo boʻylab, biz kutgan siyosiy tahlillar boʻyicha yurgizila boshladi. Rossiya Avgʻoniston va Oʻrta Osiyoga nisbatan AQSh tuzgan strotegiyaga paralell harakatlanib boryapti. Yaʼni u, AQSh Afgʻonistonda paydo qilib kelayotgan sunʼiy harbiy vujudlar haqiqatini ochib bera olmadi. Aksincha, Rossiya xuddi Suriyada boʻlayotgani kabi, AQShning markaziy Osiyoga nisbatan fitnakashlik asosida olib borayotgan iflos maqsadi va manfaatlariga hamkorlik qiliish pozitsiyasini egalladi. Rossiya oʻzining strotegik maydoni boʻlgan Markaziy Osiyoga nisbatan oʻz manfaati asosida tura olmay, raqiblari bilan hamkorlikka rozi boʻlishi va oʻzi uchun manfaatsiz pozitsiyalarni egallab borishi, uning xalqaro siyosatdagi holsiz va tuban ahvolga tushib qolganligiga dalolat qiladi. Rossiya oʻz taʼsiri ostidagi mintaqalardagi yuz berayotgan jarayonlarga taʼsir etish, oʻzgartirish yoki raqiblarining taʼsirlarini yoʻqotish strotegiyasidan emas, balki yuz berayotgan vaziyatlardan oʻzi uchun biror manfaat izlayapti. Bu – yetakchi, olamiy birinchi davlatining pozitsiyasi emas!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.