Erdogʻan: Afrin bilan cheklanish yoʻq, Idlibga ham boramiz

631
0

Erdogʻan: Afrin bilan cheklanish yoʻq, Idlibga ham boramiz

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi kongressida soʻzlagan nutqida “Zaytun novdasi” amaliyoti Afrinni qoʻlga kiritish bilan yakuniga yetmaganligini bildirdi. Erdogʻanga koʻra bu amaliyot yana davom etadi va Idlibgacha boradi.

“Biz Afrin bilan cheklanib qolmaymiz. Afrinning davomi bor. Bu tarafda Idlib va Manbij turibdi. “Bu ishni Furot qalqoni harakati mintaqasi bilan birlashtirish bor. Chunki barcha masala u yerdagi jabrdiyda, mazlum aka-uka va opa-singillarimizni iloji boricha tezroq vataniga qaytarishdir”, dedi Turkiya prezidenti.

2011 yil Suriya urushi boshlanishidan oldin Halab aholisi 4,868 000 kishini tashkil qilar edi. AQSh va Rossiyaning havodan, Eron va Assad rejimining yerdan amalga oshirgan qirgʻinlari tufayli shaharni tark etishga majbur boʻlganlarning koʻpchiligi Turkiyadan boshpana topdi. Bugun Turkiyada yashayotgan 3 million Suriyalikning yarmidan koʻprogʻi Halabdan hijrat qilib kelgan muhojirlardir. Agar maqsad mazlumlarni oʻz yurtlariga qaytarish boʻlsa, bunga loyiq boʻlganlar avvalambor jabrdiyda Halab xalqidir.

Mahalliy maʼmuriyatdan olingan maʼlumotlarga koʻra, Idlib tumanida 2 million 400 mingga yaqin mahaliy aholi va taxminan 1,3 million boshqa joylardan koʻchib kelgan aholi mavjud. Bu raqam, aslida, Idlib shahri faqat muxolifat kuchlarning qalʼasi emas, balki ruslar va Asad zulmi sababli uylarini tark etgan mazlumlarning ham qalʼasi ekanligini koʻrsatadi.

“Furot qalqoni” harakati bilan Halab shahri Asad kuchlariga topshirilgandan keyin Suriya inqilobining soʻnggi qoʻrgʻoni boʻlgan Idlibni ham “zaytun novdasi” harakati bilan Asadga topshirishga yoʻl ochildi. Erdogʻan “mintaqani haqiqiy egalariga torshirish lozim”, degan soʻzida “mintaqaning haqiqiy egalari” deb kimni nazarda tutdi, Asad rejiminimi? degan savol tugʻiladi.

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimi raisi Mahmud Qor mazkur masala haqida shunday deydi: “Prezident Erdogʻanning “Biz Afrin bilan cheklanib qolmaymiz” degan soʻzi bilan “Bu ishni Furot qalqoni harakati mintaqasi bilan birlashtirish bor”, degan soʻzini yonma-yon qoʻyib koʻrng. Biz Afrin harakati boshlanganda “Idlib ham Halab kabi boʻlmasin”, degan edik. Mana Idlib ham Asad rejimiga topshirilishi maʼlum boʻlib bormoqda. Erdogʻan “Bu yerda Idlib va Manbij bor”, dedi. Ha bor, bundan avval Halab va Sharqiy Gʻuta ham bor edi, ammo ular endi yoʻq”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.