Chavushoʻgʻli: AQSh bilan aloqalarimiz hech ham toʻxtagani yoʻq

1046
0

Chavushoʻgʻli: AQSh bilan aloqalarimiz hech ham toʻxtagani yoʻq

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli, AQSh va Turkiya oʻrtasidagi aloqalar toʻxtamaganligini va hali ham davom etayotganini bildirdi.

“AQSh bilan uchrashuvlarimiz toʻxtagani yoʻq, davom etmoqda. Yaqin kunlarda vakillarimiz Qoʻshma Shtatlarga yoʻl oladi”, dedi Turkiyaning AQSh bilan boʻlgan munosabatlari haqida bayonot bergan Mevlut Chavushoʻgʻli.

Chavushoʻgʻlining 19 mart kuni Vashingtonga qiladigan tashrifi AQSh tashqi ishlar vaziri Rex Tillersonning ishdan boʻshatilishi ortidan bekor qilingan edi.

Bundan avval Rossiya poytaxti Moskvadagi xalqaro aloqalar universitetida oʻquvchilar ishtirokida tashkil qilingan anjumanda soʻzga chiqqan Mevlut Chavushoʻgʻli Vashingtonni bir qator masalalarda, jumladan Fathulloh Gulanni qaytarish masalasida vaʼdasini bajarmaganlikda ayblab, Turkiya bilan AQSh oʻrtasidagi aloqalar buzulish nuqtasiga kelib qolganligini aytgan edi.

“Turk xalqi AQShga nisbatan salbiy munosabatda. Chunki ular vaʼdalarini bajarmaydi va doimo yolgʻon gapiradi”, “Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar buzilish nuqtasiga kelib qoldi. Ularga bir shart qoʻydik, “Agar vaʼdalaringizni ustidan chiqmasangiz, sabr qilishni toʻxtatamiz” dedik. Bunday munosabatni davom ettirishda qanday maʼno bor?” degan edi Chavushogʻli.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.