“Qirg’izgaz” Rossiyaning “Gazprom”iga sotilib ketganligi sababli O’zbekiston Qirg’iziston janubiga gaz etkazib berishni to’xtatdi

327
0

IMG_2954 O’sh viloyati gaz xo’jaligi boshlig’i Mamatxoliq Axmatovning xabar qilishicha, “Qirg’izgaz” OHJ Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga sotilib ketganligi sababli O’zbekiston Qirg’iziston janubiga gaz etkazib berish to’xtatgan.

 Uning so’zlariga ko’ra, “Qirg’izgaz” va “O’zTransGaz” o’rtasidagi kelishuvda, agar kompaniya egasi o’zgaradigan bo’lsa, o’zbek tomoni mintaqaga gaz etkazib berishni to’xtatadi, deb yozib qo’yilgan.

 “Biz O’zbekistonni “Qirg’izgaz”ni “Gazprom”ga sotilayotgani haqida ogohlantirmadik, shu sababli bugun (14 aprel) soat 00:00dan boshlab gaz berish to’xtatildi”,- deb tushintirish berib o’tdi Axmatov.

 Uning so’zlariga ko’ra, kun davomida “Qirg’izgaz” va “Gazprom” muammoni xal etishi kerak edi, ammo gaz etkazib berish kechga borib ham qayta tiklanmadi. “Yaqin kunlarda muammo xal etiladi”, – dedi Axmatov.

 10 aprel kuni “Qirg’izgaz” OAJni “Gazprom” kompaniyasiga sotish to’g’risida savdo bitimi imzolangan va “Qirg’izgazProm”ning 100 foizli hissasi Rossiya kompaniyasi ixtiyoriga o’tgan edi. Bitim imzolanishi bilan “Qirg’izgaz”ning barcha majburiyatlari rus kompaniyasi zimmasiga o’tdi. “Gazprom” Qirg’izistonni tabiiy gaz bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash va yangi mijozlar qo’shish orqali iste’mol bozorini kengaytirishni o’z kafolatiga olgan edi. Keyingi besh yil mobaynida Qirg’iziston gaz infratuzilmalarini ta’mirlash va modernizatsiyalashga 20 milliard rubldan ziyod mablag’ jalb etilishi rejalashtirilgan.

 Turkiston:

 Rossiyaning Ukrainadan Qrimni tortib olishidagi qo’pol xatosi, O’zbekiston uchun xam Qirg’izistonning ichki ishlariga aralashishi uchun imkon yaratib berdi. To’g’rirog’i AQSh uchun O’zbekistonni shu yo’nalishda yo’naltirishi uchun yo’l ochib berdi desak to’g’riroq bo’ladi. O’zbekistonni Rossiya bilan yuqoridagi gaz masalasidagi imzolangan kelishuvlarga qarshi jurat qilishi, uni Qirg’iziston oldida “ uzluksiz gaz etkazib beraman” degan va’dasini beburd qilishga qaratilgan amaldagi xarakati qayoqqa qaratilgan ekan?

 Eslatib o’tamiz: – Rossiya Qrimni amalda bosib olib, so’ng referendum o’tkazish bilan bosqinchiligini qonuniylashtirishga urunmoqda. Boqinchiligini esa, rusiyzabon xalqning xavfsizligini taminlashda o’zini masu’l ekanligi bilan izoxlagan edi. Bu esa, dunyo bosqinchiligiga yangi, to’g’rirog’i eski uslubni yangilab berdi. O’zbekiston xam xuddi shu da’vo bilan, ya’ni Qirg’izistonda kutilayotgan boshalamonchiliklardan foydalanib, o’zbekzabon millatlarning ximoyasi uchun Qirg’izistonning janubiy mintaqalariga ko’z olaytira boshladi. Xozirda u o’z ayg’oqchilari va o’zbek millatchilaridan foydalanib, ayg’oqchilik va tayorlov ishlarini olib bormoqda.

 Lekin xuddi shu yangi Qrim yo’nalishi bo’ylab Rossiya xam ancha mincha xarakatlanib qo’gan edi. O’zbekistonning bu xarakati natija beradigan bo’lganida xam Qirg’iziston ikkiga, Janub va Shimol bo’lib bo’linib ketishi mumkin. Negaki asosiy rusiyzabon va rus mintalitetiga yaqin millat Shimolda joylashgan.

 Davlat esa bu yirik davlatlar o’rtasida xech qanday vaznga ega emas. Lekin ta’sir qilish quvvatiga ega. Bu albatta ularning o’z davlatlariga bo’lgan patriotlik sezimlariga bog’liq. Qirg’izistondagi mavjud diniy potentsial, bu juda katta quvvat. Uni agar to’g’ri yo’naltirilsa, kufrning xozirdagi davlatni parchalab yuborish uchun olib borayotgan xarakatlarini puchga chiqaradi. Xozirgi vaziyatda AQSh xam Rossiya xam asosan milliy tuyg’ularimizdan foydalanishni ko’zlab turishibdi. Buni esa Chubak xoji bir og’iz so’zi bilan Navro’z bayramini inqirozga uchratib yuborganidek, islomiy etakchilar vositasida millatchilik fikriy yo’nalishini xam parchalab yuborish lozim. Umuman diniy tuyg’ularni asosiy omil qilib, musulmonlarning quvvatini biriktirib davlatni saqlab qolish vaqti keldi.

 Aksincha musulmonlarni mazxablari, millatlari va ijtimoiy joylashgan qatlamlariga ko’ra bir birlaridan uzoqlashtirish, balki bir birlariga qarshi kurashishlari uchun ularga xar xil bosimlar berish, bu xoinlik, tashqi quvvatlarning manfaati uchun o’z yurtini parchalab berishga rozi bo’lish. Ollox shu safda turib qolishdan o’zi saqlasin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.