Firqalarga oid hadis haqidagi savolga javob

620
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Muhsin Azamat “محسن العظامات”ning firqalarga oid hadis haqidagi savoliga javob

Savol:

Amirimiz, Alloh sizni hifz-himoyasida asrasin

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Men firqalarga oid hadisni “كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bittasi jannatda emas”, deb kelgan ikkinchi rivoyati bilan chiqarishni (sanadiga bogʻlashni) uddasidan chiqolmadim. Yaʼni bu rivoyatni Hokim gʻarib lafz bilan sahih, debdi. Maqdisiy esa, u mashhur boʻlgan “كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ وَاحِدَةٌ Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas”, deb kelgan hadisdan sahihroqdir, debdi. Agar vaqt topib, shuni menga koʻrsatib bersangiz, yaxshi boʻlardi, Alloh ilmingizga va vaqtingizga barakot ato etsin.

Amirimiz, Hokim uni sahih dedi, degan jumla haqida aytadigan boʻlsam, u Ajluniyning “Kashful xafo” kitobida 150 sahifasida kelgan va uning matni quyidagicha: “Uni Shaʼroniy “Mizon”da Ibn Najjorning hadisidan rivoyat qildi. Hokim uni gʻarib lafz bilan sahih, dedi. U shunday kelgan:

“سَتَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى نَيِّفٍ وَسَبِعينَ فِرْقَةً، كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً”

“Ummatim yetmishdan ortiq firqaga boʻlinib ketadi, ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bittasi jannatda emas”. Daylamiyning bir rivoyatida (“الْهَالِكُ مِنْهَا وَاحِدَةٌ Ulardan halokatga uchraydigani bitta boʻladi”, deyilgan. Ulamolar bu halokatga uchraydigan toifani “الزنادقة kofirlar”, deganlar. Men bu rivoyatdagi “الزنادقة kofirlar”, degan soʻz bilan kelgan ziyodalikni mavzu, deb tushunaman. Lekin men istaganim, Hokim “الزنادقة” degan ortiqcha soʻzsiz kelgan rivoyatni qayerda sahih degan?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Birinchi: Sizning Ummatning firqalarga boʻlinish haqidagi savolingiz. Bu mavzuda kelgan hadislar uch turdan iborat:

Ummatning yetmish uch firqaga boʻlinishi zikr qilinadi;
Yetmish uch firqaga boʻlinishni “كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ وَاحِدَةً” degan ziyodalik bilan zikr qilinadi;
Yetmish uch firqaga boʻlinishni “كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً” degan ziyodalik bilan zikr qilinadi.
Birinchi turdagi ortiqchasiz hadis sahih, uni zaif, degan hech kimni koʻrganim yoʻq. Bilishimcha shunday:

Abu Dovud oʻzining “Sunan”ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“افْتَرَقَتْ الْيَهُودُ عَلَى إِحْدَى أَوْ ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً وَتَفَرَّقَتِ النَّصَارَى عَلَى إِحْدَى أَوْ ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً وَتَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً”

“Yahudiylar yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga boʻlindi. Nasroniylar yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga boʻlindi. Mening Ummatim yetmish uch firqaga boʻlinadi”.

Termiziy oʻzining “Sunan”ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“تَفَرَّقَتْ الْيَهُودُ عَلَى إِحْدَى وَسَبْعِينَ أَوْ اثْنَتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً وَالنَّصَارَى مِثْلَ ذَلِكَ وَتَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً”

“Yahudiylar yetmish ikki yoki yetmish uch firqaga boʻlindi. Nasroniylar ham xuddi shunday. Mening Ummatim yetmish uch firqaga boʻlinadi”. Saʼddan, Abdulloh ibn Amrdan hamda Avf ibn Molikdan qilingan rivoyatlarni Abu Iso mana shu bobda hasan sahih, degan.

Hokim oʻzining “Mustadrak”ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“افْتَرَقَتِ الْيَهُودُ عَلَى إِحْدَى أَوِ اثْنَتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً، وَافْتَرَقَتِ النَّصَارَى عَلَى إِحْدَى أَوْ اثْنَتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً، وَتَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى ثَلاَثٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً”

“Yahudiylar yetmish ikki yoki yetmish uch firqaga boʻlindi. Nasroniylar yetmish ikki yoki yetmish uch firqaga boʻlindi. Mening ummatim yetmish uch firqaga boʻlinadi”. Bu hadis Muslim sharti bilan sahihdir, lekin uni ikki shayx chiqarmagan va bu hadisning guvohlari-shavohidi (hadisning matnida bir sahobiyning boshqa bir sahobiyga lafzan va maʼnan ergashishi) bor, Zahabiy ham unga rozi boʻlgan.

Ikkinchi turdagi hadis esa, “كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ وَاحِدَةً Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas”, degan ziyodalik bilan koʻpgina rivoyatlarda sahihligi yoki hasanligi aytilgan.

Termiziy oʻzining “Sunan”ida ushbuni rivoyat qildi: Bizga Muhammad ibn Gʻaylon rivoyat qildi. Muhammad ibn Gʻaylon aytadi: Bizga Abu Dovud Hafriy Sufyoni Savriydan, u Abdurrahmon ibn Ziyod Afriqiydan, u Abdulloh ibn Yaziddan, u Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qiladiki, Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“… وَإِنَّ بَنِي إِسْرَائِيلَ تَفَرَّقَتْ عَلَى ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ مِلَّةً وَتَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ مِلَّةً كُلُّهُمْ فِي النَّارِ إِلَّا مِلَّةً وَاحِدَةً قَالُوا وَمَنْ هِيَ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ مَا أَنَا عَلَيْهِ وَأَصْحَابِي”

“Banu Isroil yetmish ikki firqaga boʻlindi. Mening ummatim yetmish uch firqaga boʻlinadi. Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas. Ular kimlar, yo Rosululloh, deb soʻrashgandi, mening va ashoblarimning yoʻlidan yurganlar, dedilar”. Abu Iso bu hadis hasan gʻaribdir, dedi.

Ibn Moja oʻzining “Sunan”ida ushbuni rivoyat qildi: Bizga Amr ibn Usmon ibn Said ibn Kasir ibn Dinor Himsiy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Ubbod ibn Yusuf hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Safvon ibn Amr – Roshid ibn Saʼddan, u Avf ibn Molikdan hadis rivoyat qilib aytadi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“افْتَرَقَتْ الْيَهُودُ عَلَى إِحْدَى وَسَبْعِينَ فِرْقَةً فَوَاحِدَةٌ فِي الْجَنَّةِ وَسَبْعُونَ فِي النَّارِ وَافْتَرَقَتْ النَّصَارَى عَلَى ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً فَإِحْدَى وَسَبْعُونَ فِي النَّارِ وَوَاحِدَةٌ فِي الْجَنَّةِ وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَتَفْتَرِقَنَّ أُمَّتِي عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً وَاحِدَةٌ فِي الْجَنَّةِ وَثِنْتَانِ وَسَبْعُونَ فِي النَّارِ قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَنْ هُمْ قَالَ الْجَمَاعَةُ”

“Yahudiylar yetmish bir firqaga boʻlindi. Ulardan bittasi jannatda, yetmishtasi doʻzaxdadir. Nasroniylar yetmish ikki firqaga boʻlindi. Ulardan yetmish bittasi doʻzaxda, bittasi jannatdadir. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan zotga qasamki, mening Ummatim yetmish uch firqaga boʻlinib ketadi. Ulardan bittasi jannatda, yetmish ikkitasi doʻzaxda boʻladi. Yo Rosululloh, ular kimlar, deyilgandi, ular jamoa, deya javob qildilar”.

Ahmad oʻzining “Sunan”ida ushbuni rivoyat qiladi: Bizga Abu Mugʻira hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Safvon hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Azhar ibn Abdulloh Havzaniy hadis rivoyat qilib aytadi: Abu Mugʻira – boshqa yerda Haroziy deyilgan – Abu Omir Abdulloh ibn Luhaydan rivoyat qiladi: biz Muoviya ibn Abu Sufyon bilan birga haj qildik… Makkaga kelganimizda u peshin namozini oʻqigani turdi va bunday dedi: Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

“إِنَّ أَهْلَ الْكِتَابَيْنِ افْتَرَقُوا فِي دِينِهِمْ عَلَى ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ مِلَّةً وَإِنَّ هَذِهِ الْأُمَّةَ سَتَفْتَرِقُ عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ مِلَّةً يَعْنِي الْأَهْوَاءَ كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلَّا وَاحِدَةٍ وَهِيَ الْجَمَاعَةُ”

“Ahli kitoblar oʻz dinlarida yetmish ikki firqaga boʻlinib ketdi. Bu Ummat esa, yetmish uch firqaga yaʼni havoi-nafslariga berilgan qavmga boʻlinadi. Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi, yaʼni jamoa doʻzaxda emas”.

Tabaroniy “Sagʻir”da rivoyat qiladi: Bizga Iso ibn Muhammad Simsor Vositiy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Vahb ibn Baqiya hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Abdulloh ibn Sufyon Madaniy – Yahyo ibn Said Ansoriydan, u Anas ibn Molikdan hadis rivoyat qilib aytadi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“تَفْتَرِقُ هَذِهِ الْأُمَّةُ عَلَى ثَلاَثٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً كُلُّهُمْ فِي النَّارِ إلاَّ وَاحِدَةً، قَالُوا: وَمَا هِي تِلْكَ الْفِرْقَةُ؟ قَالَ: مَا أنَا عَلَيْهِ الْيَوْمَ وَأصْحَابِي”

“Bu ummat yetmish uch firqaga boʻlinib ketadi. Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas. Bu firqa qanday firqa, deb soʻrashgandi, bunday javob qildilar: Ular bugun men va ashoblarim yurgan yoʻldan yuruvchilardir”. Bu hadisni Yahyodan faqat Abdulloh ibn Sufyon rivoyat qilgan.

Bayhaqiy “Daloili nubuvvat”da ushbuni chiqargan: Bizga Abu Hasan ibn Fazl Qatton xabar berib aytadi: bizga Abdulloh ibn Jaʼfar Nahviy xabar berib aytadi: bizga Yoqub ibn Sufyon hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Abul Yamon hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Safvon – Azhar ibn Abdullohdan, u Abu Omir Abdulloh ibn Luhaydan hadis rivoyat qilib aytadi: Abdulloh ibn Luhay bunday deydi: biz Muoviya bilan haj qildik… Makkaga yetib kelganimizda Makkada peshin oʻqishga turdi va bunday dedi: Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

“إِنَّ أَهْلَ الْكِتَابِ افْتَرَقُوا فِي دِينِهِمْ عَلَى اثْنَتَيْنِ وَسَبْعِينَ مِلَّةً، وَإِنَّ هَذِهِ الْأُمَّةَ سَتَفْتَرِقُ عَلَى ثَلاَثٍ وَسَبْعِينَ مِلَّةً يَعْنِي الْأهْوَاءَ، كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ وَاحِدَةً، وَهِيَ الْجَمَاعَةُ”

“Ahli kitoblar oʻz dinlarida yetmish ikki firqaga boʻlinib ketdi. Bu Ummat esa, yetmish uch firqaga, yaʼni havoi-nafslariga berilgan qavmga boʻlinib ketadi. Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas, u jamoadir”.

Hokim “Mustadrak”da ikkala sahih asosida rivoyat qiladi: Bizga Abu Abbos Muhammad ibn Yaqub hadis rivoyat qilib aytadi: Muhammad ibn Ishoq Sagʻoniy – Abu Yamon Hakam ibn Nofe Bahroniydan, u Safvon ibn Amrdan, u Azhar ibn Abdullohdan, u Abu Omir Abdulloh ibn Luhaydan rivoyat qilib aytadi: biz Muoviya ibn Abu Sufyon bilan haj qildik… Makkaga yetib kelganimizda Makkada peshin oʻqishga turdi va bunday dedi: Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

“إِنَّ أَهْلَ الْكِتَابِ تَفَرَّقُوا فِي دِينِهِمْ عَلَى اثْنَتَيْنِ وَسَبْعِينَ مِلَّةً، وَتَفْتَرِقُ هَذِهِ الْأُمَّةُ عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلَّا وَاحِدَةً وَهِيَ الْجَمَاعَةُ…”

“Ahli kitoblar oʻz dinlarida yetmish ikki firqaga boʻlinib ketdi. Bu Ummat esa, yetmish uch firqaga boʻlinib ketadi. Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas, u jamoadir”. Hokim bu sanadlar bilan ushbu hadis sahihligiga hujjat qilinadi, dedi va bunga Zahabiy ham rozi boʻldi.

Abu Dovud oʻzining “Sunan”ida rivoyat qiladi: “Bizga Ahmad ibn Hanbal bilan Muhammad ibn Yahyo hadis rivoyat qilib aytishgan: bizga Abu Mugʻira – Safvondan, u Amr ibn Usmondan, u Baqiyadan hadis rivoyat qiladi: Baqiya aytadi: menga Safvon lafzda emas maʼnoda shunga yaqin hadis rivoyat qilib aytgan: menga Azhar ibn Abdulloh Haroziy hadis rivoyat qilib aytadi: Abu Omir Havzaniy – Muoviya ibn Abu Sufyondan rivoyat qiladi: Muoviya bizga bunday dedi: ogoh boʻlingkim, Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:

“أَلَا إِنَّ مَنْ قَبْلَكُمْ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ افْتَرَقُوا عَلَى ثِنْتَيْنِ وَسَبْعِينَ مِلَّةً، وَإِنَّ هَذِهِ الْمِلَّةَ سَتَفْتَرِقُ عَلَى ثَلَاثٍ وَسَبْعِينَ: ثِنْتَانِ وَسَبْعُونَ فِي النَّارِ، وَوَاحِدَةٌ فِي الْجَنَّةِ، وَهِيَ الْجَمَاعَةُ”

“Ogoh boʻlingki, sizdan oldingi ahli kitoblar yetmish ikki firqaga boʻlinib ketgan. Bu millat esa, yetmish uch firqaga boʻlinib ketadi. Ularning yetmish ikkitasi doʻzaxda, faqat bittasi jannatda boʻladi va u jamoadir”. Alboniy buni hasan, degan.

Endi “كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ فِرْقَةً وَاحِدَةً Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bitta firqa jannatda emas”, degan ziyodasi bilan kelgan uchinchi turdagi hadislarga kelsak, bu rivoyatni koʻpchilik zaif degan. Jumladan:

Uqayliy “Zuafoi kabir” kitobida bunday chiqargan:
Bizga Muhammad ibn Marvon Qurashiy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Muhammad ibn Uboda Vasatiy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Muso ibn Ismoil Jabaliy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Muoz ibn Yosin Zayyot hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Abrad ibn Abu Ashras hadis rivoyat qildi: Abrad Yahyo ibn Saiddan, U Anas ibn Molik Gdan rivoyat qiladiki, Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“تَفَرَّقَ أُمَّتِي عَلَى سَبْعِينَ أَوْ إِحْدَى وَسَبْعِينَ فِرْقَةً، كُلُّهُمْ فِي الْجَنَّةِ إِلَّا فِرْقَةً وَاحِدَةً، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ، مَنْ هُمْ؟ قَالَ: الزَّنَادِقَةُ وَهُمُ الْقَدَرِيَّةُ”

“Ummatim yetmish bir yoki yetmish ikki firqaga boʻlindi. Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bitta firqa doʻzaxda emas. Yo Rosululloh, ular kimlar, deb soʻrashgandi, bunday dedilar: Ular zindiqlar (xudosizlar), yaʼni qadariyalardir”.

Uqayliy aytadi: Muoz ibn Yosin Zayyot Abrad ibn Ashrasdan rivoyat qilgan, Abrad esa nomaʼlum kishi va uning hadisi mahfuz emas.

Uqayliy “Zuafoi kabir” kitobida yana bunday rivoyat qiladi:
Bizga Hasan ibn Ali ibn Xolid ibn Laysiy hadis rivoyat qilib aytadi: Bizga Nuaym ibn Hammod hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Yahyo ibn Yamon hadis rivoyat qildi: Yahyo ibn Yamon Yosin Zayyotdan, u Yahyo ibn Said ansoriyning inisi Saʼd ibn Saiddan, u Anasdan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“تَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى بِضْعٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً، كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلَّا فِرْقَةً وَاحِدَةً، وَهِيَ الزَّنَادِقَةُ”

“Ummatim yetmishdan ortiq firqaga boʻlinib ketadi. Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bitta firqa jannatda emas, ular zindiqlardir”.

Uqayliy aytadi: bu hadisdan sahihlik chiqmaydi. Chamasi, Yosin uni otasidan yoki ana u Abraddan rivoyat qilgan boʻlsa kerak. Bu hadisning asli na Yahyo ibn Saidga aloqasi bor, na Saʼdga.

Ibn Javziyning “Mavzuot” kitobida – kitobi sunna va zammul bidʼada – iftiroqi hazihil umma bobida bunday keladi:
Bizga Abdulvahhob ibn Muborak xabar berib aytadi: bizga Ibn Bakron xabar berib aytadi: bizga Atiqiy xabar berib aytadi: bizga Muhammad ibn Marvon Qurashiy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Muhammad ibn Uboda Vositay hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Muso ibn Ismoil hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Muoz ibn Yosin Zayyot hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Abrad Ibn Ashras hadis rivoyat qildi: Abrad Yahyo ibn Saiddan, u Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“تَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى سَبْعِينَ أَوْ إِحْدَى وَسَبْعِينَ فِرْقَةً كُلُّهُمْ فِي الْجَنَّةِ إِلا فِرْقَةً وَاحِدَةً قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَنْ هُمْ؟ قَالَ: الزَّنَادِقَةُ وَهُمُ الْقَدَرِيَّةُ”

“Ummatim yetmish yoki yetmish bir firqaga boʻlinib ketadi. Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bitta firqa jannatda emas. Yo Rosululloh, ular kim, deb soʻrashdi. Xudosizlar va ular qadariylardir, deya javob qildilar”. Bu hadisni hofiz Ahmad ibn Adiy, Muso ibn Ismoilning Xalaf ibn Yosindan, u Abraddan qilgan hadisidan rivoyat qildi.

Ikkinchi yoʻl: Bizga Abdulvahhob ibn Muborak xabar berib aytadi: bizga Ibn Bakron xabar berib aytadi: bizga Atiqiy xabar berib aytadi: bizga Yusuf ibn Daxil hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Uqayliy hadis rivoyat qilib aytadi: Bizga Hasan ibn Ali ibn Xolid ibn Laysiy hadis rivoyat qilib aytadi: Bizga Nuaym ibn Hammod hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Yahyo ibn Yamon hadis rivoyat qildi: Yahyo ibn Yamon Yosin Zayyotdan, u Yahyo ibn Said ansoriyning inisi Saʼd ibn Saiddan, u Anasdan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“تَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى بِضْعٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلا فِرْقَةً وَاحِدَةً وَهِيَ الزَّنَادِقَةُ”

“Ummatim yetmishdan ortiq firqaga boʻlinib ketadi. Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bitta firqa jannatda emas, ular xudosizlardir”.

Uchinchi yoʻl: bizga Jarir xabar berib aytadi: bizga Ushoriy xabar berib aytadi: bizga Doriqutniy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Abu Bakr Muhammad ibn Usmon Saydaloniy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Ahmad ibn Dovud Sijistoniy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Usmon ibn Affon Qurashiy hadis rivoyat qilib aytadi: bizga Abu Ismoil Ayliy hadis rivoyat qildi: Abu Ismoil Ayliy – Hafs ibn Umardan, u Misʼar ibn Saʼd ibn Saiddan rivoyat qiladi: men Anas ibn Molikning bunday deganini eshitgandim: men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitgandim:

“تَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى بِضْعٍ وَسَبْعِينَ فِرْقَةً كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ الزَّنَادِقَةُ”

“Ummatim yetmishdan ortiq firqaga boʻlinib ketadi, ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat xudosizlar jannatda emas”. Anas – biz ularni qadariylar, deb bilar edik, dedi.

Bu hadislarning Rosululloh ﷺdan ekani sahih emas, chunki ularning har biridagi sanad bitta yoki bittadan koʻproq joyda zaiflik bor. Buning bayoni quyidagicha:

Ibn Javziy “Mavzuot”da yuqoridagi uch rivoyatni keltirgan, soʻng bunday degan:
(Hadis ilmida koʻp mehnat qilgan olimlar aytgan: Abrad “u birinchi rivoyatdagi sanaddagi kishilardan biri” toʻqib chiqaruvchi kazzobdir. Undan rivoyatni Yosin olib, sanadini almashtirdi va aralashtirdi, Usmon ibn Affon uni oʻgʻirladi. “Usmon uchinchi rivoyatdagi sanad kishilaridan biri”.

Abradga kelsak, Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma uni kazzob va toʻqib chiqaruvchi, degan.

Yosin esa, “u ikkinchi rivoyatdagi sanad kishilardan biri” Yahyo u haqda bunday degan: uning hadisining mutlaqo qadri yoʻq. Nasoiy bunday degan: hadisi tark etilgan kimsa.

Usmonga kelsak, naql ulamolari bunday degan: hadisi tark etiladi, uning hadisini yozish halol emas, faqat eʼtibor yoʻlida boʻlsa, mayli.

Hafs ibn Umarga kelsak, “u uchinchi rivoyatdagi sanad kishilardan biri” Abu Hotim Roziy uni kazzob, degan.. Uqayliy esa, u imomlardan botil yoʻllar bilan rivoyat qiladigan odam, degan).

Ibn Hajar Asqaloniyning “Lisonul mizon” kitobida bunday keladi:
(362 – Abrad ibn Ashras – Yahyo ibn Said Ansoriydan…

Ibn Xuzayma uni kazzob va toʻqib chiqaruvchi, degan).

Shunday qilib, demak, “كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bittasi jannatda emas”, degan ortiqchaligi bor hadis sahih emas.

Ikkinchi: Savolingizda aytganingiz (Hokim uni gʻarib lafz bilan sahih, dedi. U shunday kelgan:

“سَتَفْتَرِقُ أُمَّتِي عَلَى نَيِّفٍ وَسَبِعينَ فِرْقَةً، كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً”

“Ummatim yetmishdan ortiq firqaga boʻlinib ketadi, ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bittasi jannatda emas”), degan gapingizga kelsak, men harakat qildim, lekin Hokimning sahih deganini topa olmadim. Shunday boʻlsa-da, hatto siz aytgan narsa men bilmagan va mening koʻzim tushmagan oʻrinda bordir. Chunki bu masala hadisdagi qoʻshimchani zaif, deb aytgan muhaqqiq ulamolar bilan toʻxtab qolmaydi.

Uchinchi: Xullas kalom, Ummatning yetmish uch firqaga boʻlinishi haqidagi ortiqchasi yoʻq hadis sahihdir hamda “كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ وَاحِدَةٌ Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas”, degan birinchi ortiqchaligi bor hadisni koʻpchilik hasan, degan. Ammo “كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bittasi jannatda emas”, degan ortiqchaligi bor hadisni koʻpchilik zaif degan, uni sahih yoki hasan, deganlar ancha ozdir.

Demak, men rojih sanaganim, “كُلُّهَا فِي النَّارِ إِلاَّ وَاحِدَةٌ Ularning barchasi doʻzaxda boʻladi, faqat bittasi doʻzaxda emas”, degan birinchi ortiqchaligi bor hadisni olsa boʻladi. Ammo “كُلُّهَا فِي الْجَنَّةِ إِلاَّ وَاحِدَةً Ularning barchasi jannatda boʻladi, faqat bittasi jannatda emas”, degan ortiqchaligi bor hadisni olmaslik kerak. Yuqorida shu ikki ortiqchalik toʻgʻrisida zikr qilganimiz rivoyatlarga koʻra shunday.

Men rojih sanaganim shu, vallohu aʼlam va ahkam.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

24 robiul-avval 1439h

11 yanvar 2018m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.