Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida vizasiz tartib toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi

910
0

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida vizasiz tartib toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi

 Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi fuqarolarning 30 kungacha vizasiz oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

 Bitim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10 mart kunlari Tojikistonga tashrifi doirasida imzolangandi.

 “Oʻn toʻqqizinchi mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlari oʻrtasida imzolangan  fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi”, – deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.

 Matbuot xizmatining xabar berishicha, bitim ikki mamlakat fuqarolariga oʻzaro bordi-keldilarni viza rasmiylashtirishdan amalga oshirish imkonini berish orqali ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan.

 “19 martdan boshlab Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari fuqarolari ikki mamlakat hududida bitimda koʻrsatilgan tegishli oʻtish hujjatlari bilan vizasiz (30 kungacha) boʻlishlari mumkin”,- deyilgan xabarda.

 Oʻzbekiston Davlat chegaralarini qoʻriqlash qoʻmitasi xodimlarining unga maʼlum qilishicha, ayni paytda chegaradan faqatgina Oʻzbekistonning chegaradosh tumanlari aholisi “chiqish vizasi”siz oʻtishlari mumkin. Qolgan oʻzbekistonliklarning Tojikistonga borishlari uchun ular pasportiga chiqishga ruxsat beruvchi stiker qoʻyilgan boʻlishi lozim. Chegarachilarning soʻzlariga koʻra, ushbu chora qayta koʻrib chiqiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.