Jeenbekov Nazarboyev bilan uchrashdi

418
0

Jeenbekov Nazarboyev bilan uchrashdi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 15 mart kuni Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

 Nazarboyev Qirgʻiziston rahbarini qutlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi doirasida koʻplab ishlar amalga oshirilishiga umid bildirdi. Uchrashuv davomida infratuzilma, logistika va savdo masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.

 Oʻz navbatida Jeenbekov Qozogʻiston prezidentiga taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. “Biz mintaqamiz uchun tahdidlar, shuningdek, kapital harakatlari, sarmoyalar, fuqarolarning boʻlishi, muhojirlarning ishi kabi mavzularni muhokama qilishimiz kerak. Barcha masalalarni muhokama qilish uchun sharoitlar yaratilgan”, – dedi Jeenbekov.

 Jeenbekov Markaziy Osiyo rahbarlari sammitini tarixiy voqea deb atadi va bunday uchrashuvlar davom etishiga umid bildirdi. “Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash uchun sharoitlar yaratilgan”, – deya taʼkidlab oʻtdi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.