Yildirim: Mudofaa, tashqi ishlar va razvedka borasida AQSh bilan hamkorlikda ish yuritamiz

461
0

Yildirim: Mudofaa, tashqi ishlar va razvedka borasida AQSh bilan hamkorlikda ish yuritamiz

AQSh va Turkiya oʻrtasidagi aloqalar ikki davlatning mudofaa va tashqi ishlar vazirlari hamda razvedka rahbarlarining oʻzaro hamkorligida uch tomonlama mexanizm bilan boshqariladigan boʻldi. Bu haqida Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Germaniya safaridan qaytib kelayotgan paytda samolyot bortida maʼlum qildi.

“Bundan buyon ikki davlat mudofaa vazirlari, tashqi ishlar vazirlari va razvedka idoralarining rahbarlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq holda ish yuritadi. Bu masalalarni muvofiqlashtirish tafsilotlarini vazirlarimiz bilan muhokama qilamiz”, dedi bosh vazir.

Bundan bir necha kun avval AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Turkiyaga borib, davlat rahbari Rajab Toyyib Erdogan va tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli bilan alohida, tarjimonsiz bir necha soat suhbatlashgan edi. Uchrashuvdan soʻng Chavushoʻgʻli Tillersonning tashrifini “muhim va foydali” deb sifatladi. Chovushoʻgʻliga koʻra, bu uchrashuvda faqat ikki tomonlama munosabatlar emas, balki mintaqaviy masalalar ham muhokama qilingan.

“Biz oʻzaro munosabatlarimizni barqarorlashtirish xususida kelishib oldik. Muammolarni hal qilish mexanizmlarini yaratamiz. Bu mexanizmlar toʻp otish oʻyini emas. Tashrif natijasida kelajak uchun birgalikda qadamlar tashlaymiz va samarasini koʻramiz. Ikki ittifoqchi davlat sifatida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaymiz”, dedi Chavushoʻgʻli.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.