Lavrov: kuchlar muvozanati Islomiylar foydasiga og’moqda

327
0

1

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Suriya qarshilik harakati ichidagi kuchlar muvozanati Islomiylar foydasiga og’moqda”, deya ta’kidladi.

Lavrovga ko’ra, jihodiy guruhlar qurol aslaha zaxiralarini va bundan tashqari xorijiy yordamlarni qo’lga kiritish uchun, shuningdek turli mintaqa va markazlarga egalik qilish uchun to’p-to’p bo’lib mo”tadil qurolli guruhlar bilan birga janga kiradi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Islomiy kuchlar jangda ustunlikni qo’lga kiritgandan so’ng Suriya milliy koalitsiyasini tan olmasligini e’lon qilganligiga e’tibor qaratdi. Shuningdek bosh vazir islomiy guruhlarning Muhammad Zahron Alvash boshchiligida “Jayshul Islom” nomli jamoa tashkil qilganligi hamda Suriyada shariatni tiklashga bel bog’laganligini tilga olib o’tdi.

Moskva kelajakda ayni stsenariy yuz berishidan ogohlantirganligiga e’tiborni tortgan Lavrov Jihodiy guruhlarning aksariyatini – o’zlarining tili bilan aytganda – xalqaro terrorizmga aloqasi borligiga va olamiy Xalifalik davlatini tiklash uchun nafaqat Suriya, balki butun dunyoni vayron qilishga tayyor ekanligiga ishora qildi.

Sergey Lavrov bu haqida katta sakkizlik davlatlarining oxirgi sammitida o’rtaga tashlagan Rossiyaning taklifi o’ta o’rinli va muhim taklif bo’lganligini urg’uladi. Sammitida Rossiya Asad kuchlari bilan mo”tadil qarshilik harakati birlashib o’lkadan terroristlarni (Islomiy guruhlarni) quvib chiqarish va ularning faoliyatiga nuqta qo’yish uchun bor kuchini sarflash chaqirig’i bilan chiqqan edi.

Boshqa bir tarafdan Germaniyaning Der Spiegel jurnaliga intervyu bergan Bashar Asad qurolli quchlar bilan muzokara o’tkazishdan foyda yo’qligini aytar ekan, Rossiya Suriyada nimalar bo’layotganini boshqalardan ko’ra yaxshi tushunib turganini ta’kidladi.

Turkiston:

Rossiya, dunyo sistemasining Islomni xayotga yangi sistema sifatida qaytayotganidan vaximaga tushib turgan xolatidan foydalanib, Suriyadagi musulmonlarga nisbatan ilgari surilayotgan qamal qilish loixasini tezlatishga erishmoqchi. Xozirgi vaziyatda bu loixaning taqdiri faqat AQShning ihtiyoriga o’tib qoldi. Shuning uchun Rossiya, YeI singari, faqat xalqaro xamjamiyatni e’tiborini tortish orqali AQShga bosim berishga urinadi yoki vaziyatning jiddiyligidan ogohlantirib, xarakatga undaydi.

Xar qaysi xolatida ham, Rossiya dunyo etakchi davlatlarini Asadning vaxshiyliklariga sherik bo’lishga undamoqda. Bu esa, siyosatchilar anglab turganidek, kufr olamining Islom olamining ustidagi oxirgi hamlasi bo’ladi insha Alloh. Lovrov, Putin, bular olam taqdiri nuqtasidan turib fikrlash darajasidan allaqachon tushib ketgan siyosatchilar bo’lib, balki taklif qilayotgan ishlari xatto Rossiya uchun qanday oqibatlar olib kelishini ham muloxaza qila olishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.