Nazarboyev Xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazdi

820
0

Nazarboyev Xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazdi

 Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazdi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati maʼlum qildi.

 Yigʻilishda 2017-2020 yillarga moʻljallangan milliy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish masalalari hamda Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat muhokama qilingan.

 Nazarboyev oʻtgan yil qabul qilingan strategiya paydo boʻlayotgan tahdid va chaqiriqlarni aniqlash va ularga qarshi choralarni qabul qilishga imkon berishini taʼkidlab oʻtgan.

 “Oʻtgan yil milliy xavfsizlikni taʼminlash sohasida dasturiy hujjatni qabul qildik. Milliy xavfsizlik nafaqat mudofaa yoki ichki siyosat sohasida, balki barcha sohalarda, jumladan iqtisodiyot sohasida va oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashda taʼminlanishi kerak”, deb aytgan  Qozogʻiston prezidenti yigʻilishda.

Yigʻilishda Janubiy Qozogʻistondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sifatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, infratuzilmani mustahkamlash, avariyaviy maktablarni tiklash va yangilarini qurish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalari muhokama qilingan.

 Yigʻilish yakunlariga koʻra Nazarboyev markaziy va mahalliy idoralarga bir qator topshiriqlar bergan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.