Nazarboyev yagona turkiy davlat tuzish gʻoyasini ilgari surmoqda

925
0

Nazarboyev yagona turkiy davlat tuzish gʻoyasini ilgari surmoqda

Rossiya yetakchiligida tashkil etilgan YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning xafsalasini pir qilgan koʻrinadi. Shu sababli ham Nazarboyev Yagona turkiy davlat tuzish gʻoyasini ilgari sura boshladi. Agar uning bu gʻoyasi amalga oshadigan boʻlsa u Turk dunyosining Ulugʻ oqsaqoli boʻlib tarixda qolmoqchi.

Nazarboyev oʻz gʻoyasini yaqinda Turkiyaga qilgan rasmiy safari doirasida Rajab Erdogon bilan boʻlgan uchrashuvi chogʻida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, barcha turkiy xalqlarning vatani Qozogʻiston boʻlib, Rossiya va sobiq SSSR qozoqlar mustamlakasi boʻlgan.

Nazarboyev oʻz gʻoyasini amalga dastlab 2012 yili Stambul shahrida boʻlib oʻtgan qozoq-turk biznes-forumida oshkor qilgan edi.

“Biz turklarning umumiy vatanida yashaymiz. 1861 yilda qozoqlarning oxirgi xoni oʻldirilgandan keyin biz avval Rusiyaning, keyin esa SSSRning mustamlakasiga aylandik. Bu oʻtgan 150 yil davomida qozoqlar milliy anaʼnalaridan, urf odatlaridan, tili va dinidan deyarli ayrilib qoldi. Yaratganning yordami bilan 1991 yilda biz oʻz mustaqilligimizni eʼlon qildik. Sizning ota bobolaringiz oʻzlarining qadimiy vatanlarini tark qilishgan boʻlsada, turk xalqi degan nomni saqlab qolganlar. Shuning uchun ham turklar hozirgacha yaxshi yigitlarga “qozoq”, deyishadi. Mana shu “qozoqlar” bizmiz”- degan edi forumda soʻzga chiqqan Nazarboyev.

Shuningdek Nazarboyev, “Otaturk aytgani kabi: Bir kun kelib turk xalqlari birlashadi”. Shuning uchun ham men turk tilida gaplashadigan birodarlarimga tabrik salomi aytmoqchiman. Oltoy va Oʻrta Yer dengizi oʻrtasida 200 millionga yaqin birodarlarimiz yashaydi. Agar biz hammamiz birlashadigan boʻlsak, dunyoda juda katta taʼsirli kuchga aylanamiz”,- degan edi.

Nazarboyev tashabbasi bilan koʻp ishlar qilindi. Masalan, TURKSOY nomi bilan madaniyat tashkiloti, Qozogʻiston prezidentining taklifi bilan Turk tilida gaplashadigan davlatlar rahbarlarining Kengashi tuzildi, Bokuda turk davlatlari parlamentlarining Assamblyasi, Ostonada esa Turk akdemiyasi ish boshladi.

Turkiston:

20 asrning oxiri va 21 asrning boshlarida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston davlatlari birlashib, Turkiston nomi ostida YeI singari uyushma tuzish haqida harakat qila boshlashgan edi. Oʻsha paytda ham bu uyushmaning sardorligiga Nazarbayev bilan Karimov oʻrtalaridagi talashish harakatlari maqsadga yetishda toʻsiq boʻlgan edi. Hozir ham xuddi shunday.

Yaqinda Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻinida Rossiya Karimovni Oʻrta Osiyodagi yetakchi strotegik hamkori sifatida koʻrsatib, uni mintaqa lideri deb eʼlon qilgan edi.

Endi Turkiya Nazarbayevni xuddi shu oʻringa, yaʼni Oʻrta Osiyo liderligiga qarata turta boshladi. Bu qarama qarshilik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Ukrainaning bir boʻlagi Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin Nazarbayev Rossiyadan xavfsiray boshladi. Hozir u har tomondan oʻzi uchun hamkor va himoya tizimi qidiryapti. Rossiya bilan Oʻzbekistonning yaqinlashib borayotgani Nazarbayevni yanada koproq xavotirlantira boshladi.

Nazarbayev ilgari surayotgan xalqaro uyushmani tashkil etish mumkin. Lekin uning voqeda ishlab ketishi va taʼsirli tashkilot boʻlib shakillanishi uchun uni AQSh singari xalqaro vaznga ega davlat boshqarishi kerak boʻladi. Chunki Markaziy Osiyo davlatlarining har biri alohida hlatida ham, yoki birlashgan taqdirlarida ham, shu mavjud olamiy sistema ichida, uning mafkurasi asosida faoliyat olib borishadi. Ularning yangi bir mafkurasi va undan kelib chiqqan mabdasi mavjud emas.

Demak Markaziy Osiyoni biriktirish masalasi ikki maqsad uchun ilgari surilgan boʻlishi mumkin.

Olamiy sistema markaziy Osiyoni Rossiyaning tasarrufi ostidan butunlay tortib olib, uni yangicha boshqaruv sistemasiga olib chiqadi. Yaʼni, YeI singari bir markazdan turib, barcha mamlakatlar uchun yechim qabul qila oladigan ittifoqiy boshqaruv tizimini shakllantirishadi va uni oʻz qoʻllarida ushlab turishadi. Barcha aʼzo davlatlarni bu markazga itoat qilishga majburlashadi. Xohlagan vaqtda uni tarqatib yubora olishadi.
Bu ittifoq haqidagi matbuot yurishini kuchaytirib boraverishadi. Bu ularga bir qator davlatlar oʻrtalarida keskinlikni kuchaytirib beradi. Yetakchi davlatlar esa, vaziyatdan foydalanib, bu mamlakatlar oʻrtalaridagi infrastrukturalarni va boshqa aloqalarni tartibga solish ishlarini olib boruvchi oʻrtamchilarga aylanishadi. Bundan tashqari, bu holat ularga vaziyatga muvofiq boshqa bir qator iflos urushlar, milliy nizolar, etnik muammolar, chegaradagi ixtiloflar muammolarini kuchaytirish imkoniyatini beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.