Demokratiya taraqqiyoti uchun Emomaliy Rahmon nomiga yorliq taʼsis etildi

882
0

Demokratiya taraqqiyoti uchun Emomaliy Rahmon nomiga yorliq taʼsis etildi

Tojikiston prezidenti oʻz nomiga atab “Millat Peshvosi Emomaliy Rahmon” nomli yangi yorliq taʼyin qildi. Bu mukofot “demokratiya taraqqiyotiga hissa qoʻshgan” xos shaxslarga beriladi. Shuni aytib oʻtish joizki, bu yorliq uch yilda bir marotaba oʻz egalariga topshiriladi, u toza oltindan yasalgan va qiymati 14 ming dollarga teng boʻlib, unda Emomaliy Rahmon rasmi muhrlangan.

“Tojikistonda “Millat Peshvosi – Emomaliy Rahmon” nomidagi mukofot belgilandi. Ushbu mukofot demokratiya yoʻlida arzigulik hissa qoʻshgan Tojikiston fuqarolari, chet mamlakat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan insonlarga taqdim etiladi”, deya xabar qildi Ozodlik  radiosining tojik tilidagi sahifasi jurnalisti Abdullo Ashoʻrov.

Bu haqida ijtimoiy masalalar va jamiyat bilan aloqa oʻrnatish boʻyicha prezident yordamchisi Abdujabbor Rahmonzoda 15 fevral kuni “Radioi Ozodӣ” bilan boʻlgan suhbatida “Mukofot toʻgʻrisidagi farmon Tojikiston Milliy majlisi va Vakillar Majlisi kun tartibiga kiritilgan. Tasdiqlangach amalda ijro qilinadi”, deya maʼlum qildi.

Qoidaga muvofiq Tojikistonda prezidentning kadrlar saylashdan boshqa farmonlari  parlamentda koʻrib chiqilmaydi. Ammo Abdujabbor Rahmonzodaning bildirishicha, bu mukofot davlat  mukofoti hisoblanib, qonuniy boʻlishlikni talab qiladi. Shu bois uni Vakillar Majlisi va Milliy Majlis koʻrib chiqishi shart.

​Yuqorida aytilgan navbatdagi ilmoniy qonunda, “Demokratiya rivoji yoʻlidagi xizmatlari uchun” deb nimalarni nazarda tutayotganliklari xech kimga sir emas. Demokratiya tushunchasi asosan erkinlikdan iborat boʻlib, bunday jirkanch yoʻl nafaqat  bashariyat orasini bogʻlashga yaramaydi, balki Insonni insoniy jihatidan butunlay past darajadagi fitrat sohibi qilib qoʻyadi. Demokratik qadriyatlarni oddiy bir oilada hukmron boʻlishligini bir tasavvur qilib koʻring. Agar bir musulmon oilasida erkinlik boʻlsa va hamma unga amal qilsa, oila nizomi umuman barbod boʻlishligi aniq. Yaʼni agar umumiy erkinlik boʻlsa, ahli ayolingiz, farzandlaringiz hatto qoʻni qoʻshnilar oʻzi xohlagan narsani amalga oshirsa, oiladan Rahbar, omonat, farz degan tushunchalar koʻtarilsa, bunday oila nafs balosiga uchragan intizomsiz bir vayrona kabi boʻlib qoladi, zohirda inson hayotiga oʻxshasa-da, aslida oddiy hayvonot yashash tarzining oʻzginasidir. Endi aynan shunday insoniyat yaratilish tabiatiga yot boʻlgan jihatlarni rivoji uchun hissa qoʻshsangiz mukofotga va obru-eʼtiborga sazovor deb topilasiz, oilalardagi farzandlarning itoatsizligi, qiz-juvonlarni behayoligi, oʻzbilarmonligiga sababchi boʻlasiz va hatto “rahmatlar” eshitib “muvofiq” taqdirlanasiz ham!

Demokratiya degan jirkanch kufr nizomi aynan insonlarni insoniy darajadan oddiy bir nafsi bilan yashaydigan, gʻariza va uzviy ehtiyojlarini nazorat qilmaydigan mahluqlarga aylantirishni istaydi! Bu fosid tuzumdan iloji boricha xalos boʻlish uchun saʼy –harakatlar qilishimiz barchamiz uchun vojibga aylandi. Insonning cheklangan aql mahsuli boʻlmish demokratiya nizomi nafaqat hayoti dunyoimiz uchun xatarli, balki oxirat azobi uchun bir aniq hujjat hisoblanadi.(Alloh saqlasin).

Bu xoin, andishasiz Emomaliy Rahmon oʻz tasarrufidagi fuqarolarni oʻziga boʻysindirish yoʻlida chegara bilmay qoldi. Umuman olganda qadim-qadimdan buyon jaholat yoʻlini tutgan rahbarlar qoʻl ostidagilarni oʻzlariga tobe qilishni va ularga nisbatan qul sifatida muomala qilishni hush koʻrishgan. Hatto baʼzan ularni kirdikorlarida  xudolikni daʼvo qilish kabi harakatlar ham kuzatilgan.

Garchi boshqa millat vakillariga gʻalati tuyulsa-da, prezident tomonidan chiqarilgan farmonlar  tojikistonliklar uchun bir odatiy holga aylanib ulgurdi.

Bundan bir necha yil ilgari Tojikiston hukumati farmoniga binoan 165 metrlik va  700kg ogʻirlikda davlat bayrogʻi tayyorlanib markaziy xiyobonga oʻrnatildi. Keyinchalik davlat peshvosi haykalini bunyod qilish uchun chet elga maxsus buyurtma berildi. Endilikda katta muassasa va korxonlarda Emomaliy Rahmonning devorga osilib  turgan rasmidan tashqari, stol ustida ham uning siluyeti joy egallaydigan boʻlgan. Soʻngra birin-ketin bemaʼni, foydasiz qonunlar tatbiq qilindi. Yilning qaysi mavsumi  boʻlishligidan qatʼiy nazar oʻquvchi qizlar kollej va universitetga milliy libosda kelishi shart qilindi. (Bunga oʻxshagan foydasiz qonunlar bizga diktatorlik rejimi ostida kun kechirayotgan qoʻshni Turkmanistonni eslatadi).

Shundan kelib chiqib ayta olamizki, agar inson Xudo bergan aqlini toʻgʻri ishga solishni uddalay olmasa, uni faqat nafsi boshqaradi, bir Buyuk Yaratuvchining oddiy quli ekanligi yodidan koʻtariladi va havoyi nafsiga ergashib, muhitidan, lavozimidan taʼsirlangan holda aql doirasiga sigʻmagan qadamlarni oʻziga eb koʻradi. Holbuki Azizlik faqat Allohga xos, Mutakabbir sifatida bilan Alloh Oʻz ishida gʻolibdir, ammo ayrim fosiq ongi zaʼif bandalar Yaratuvchi bilan maqom talashadi.

Fuzola ibn Abid rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar s.a.v. shunday deganlar:

وَثَلاَثَةٌ لاَ تَسْأَلْ عَنْهُمْ: رَجُلٌ نَازَعَ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ رِدَاءَهُ فَإِنَّ رِدَاءَهُ الْكِبْرِيَاءُ وَإِزَارَهُ الْعِزَّةُ, وَرَجُلٌ شَكَّ فِي أَمْرِ اللَّهِ, وَالْقَنُوطُ مِنْ رَحْمَةِ اللَّهِ

“Uch toifa odamlar borki, ular haqida soʻrama (yoki masʼul emassan). Ulugʻ va Buyuk Allohning ridosini talashgan odam xususida, chunki U zotning ridosi kibrlilik, ich kiyimi esa azizlikdir”.

Birodarim.

Bu uch-toʻrt kunlik sinov dunyoda hamma narsadan muhimroq boʻlgan jihat iymon salomatligidir, banda oʻzining kim ekanligini yoddan chiqarmasligi lozim, Yaratuvchi tomonidan oʻziga yuklatilgan omonatlarni teran tushunib yetib, ba qadri imkon haqqini ado qilmogʻi shart, eng muhimi odam boʻlishlik emas,  moʻʼmin boʻlishlikdir.  Moʻʼmin banda esa har bir qadamini Aqidasiga bogʻlab bosadi, har bir amalini Shariat mezonida tortib koʻrib, soʻngra bajaradi yoki undan bosh tortadi. Vassalomu alaykum.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.