Tramp: Quddus “Isroil”ning poytaxti, bu masalada muzokaraga oʻrin yoʻq

854
0

Tramp: Quddus “Isroil”ning poytaxti, bu masalada muzokaraga oʻrin yoʻq

AQSh prezidenti Donald Tramp ishgʻol ostidagi Quddusni yahud vujudining poytaxti sifatida qabul qilish haqidagi AQShning qarori qatʼiy ekanligini va bu masalada hech qanday muzokara olib borish mumkin emasligini bildirdi.

Trampning ushbu bayonoti yahud vujudining “Isroil Xayom” gazetasi tomonidan chop etildi. Tramp gazetaga bergan intervyusida AQSh tarafidan Quddusni yahud vujudining poytaxti sifatida qabul qilinishi – bu oʻzining saylov oldi vaʼdasi ekanligini va koʻplab AQShning sobiq rahbarlaridan farqli oʻlaroq, bu vaʼdani roʻyobga chiqarishini taʼkidladi.

Quddusni Isroilning poytaxti sifatida qabul qilishi borasida pushaymonlik his etmayotganligiga urgʻu bergan Tramp “Quddusni muzokaralar stolidan chiqarib tashlash orqali u Isroilning poytaxti boʻlib qolishiga va bu masala boʻyicha muzokara olib borish mumkin emasligiga koʻrsatma berdim”, deya qoʻshimcha qildi.

Yahudiylar va Falastin oʻrtasida tinchlik oʻrnatish uchun siyosiy muzokaralarga qaytishga chaqirgan Tramp, tinchlik kelishuvini tuzish uchun har ikki tomon ham baʼzi narsalardan voz kechishi kerakligini bildirdi.

Yahud vujudining koʻrfaz davlatlari, xususan Saudiya Arabistoni bilan aloqalari haqida berilgan savolga “Hozirgi paytda oʻzaro aloqalar oʻtmishga qaraganda ancha yaxshiroqdir. Bu mamlakatlar mening Quddus haqidagi qarorimni hurmat qiladilar”, deya javob berdi Tramp.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.