Tez yordam pullik boʻladi

965
0

Tez yordam pullik boʻladi

 Qirgʻizistonda shoshilinch tibbiy yordam pullik boʻladi. 9-fevral kuni boʻlib oʻtgan mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼat yigʻilishida ushbu taklif muhokama etildi.

 Majburiy tibbiy sugʻurta fondi rahbari Marat Kaliyevning soʻzlariga koʻra, bemorlarni olib oʻtish uchun juda katta mablagʻlar sarflanmoqda.

 “Olib oʻtishni pullik qiladigan payt keldi. Albatta, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari bepul boʻlib qoladigan fuqarolarning alohida toifasi saqlanib qoladi. Xorijda hech kim “tez yordam”ni shunchaki chaqirmaydi, sababi buning uchun pul toʻlash kerakligini bilishadi”, – deya maʼlum qildi Marat Kaliyev.

 U yangilikni mintaqalarda joriy etishni boshlash taklifi bilan chiqdi, u yerda chaqiriqlar soni nisbatan kamroq ekani aytildi. Sogʻliqni saqlash vaziri Talatbek Botiraliyev uning fikriga qoʻshilib, “sogʻliqni saqlashda har doim pul yetishmasligini” bildirdi.

 Turkiston:

Tibbiyot odamlarga kerakli manfaatlardan boʻlib, zaruriy ehtiyojlar turkumiga kiradi. Shaxs oʻzining zaruriy ehtiyojlarini toʻla taʼminlay olishiga imkoniyat yaratib berish Xalifalik davlati zimasidagi vojib vazifa hisoblanadi.

 Islom davlati mavjud boʻlgan birinchi kundan boshlab barcha uchun tibbiy xizmatni bepul qilib taʼminlab berilgan edi. Paygʻambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam Uql va Urayna qabilalaridan musulmon boʻlish uchun Madinaga kelgan sakkiz nafar kishini xastaliklari kundan-kunga ziyoda boʻlib borgach, ularni Madinadan toʻrt mil uzoqlikda boʻlgan oʻtloqlarda yurgan baytulmol tuyalarini sogʻib ichib davolanish uchun yuboradilar. Ular tuyalarni sogʻib sutidan ichib, kerakli muolajani olishgach tez fursatda sogʻayib ketishadi. Paygʻambarimizdan soʻng Choriyorlar, ulardan soʻng kelgan Xalifalar ham kasallar uchun alohida binolar barpo etib, u yerga malakali tabiblarni qoʻyishgan va bemorlarni davolash toʻlaligicha davlat taʼminotida boʻlib, barcha fuqarolar uchun bepul boʻlgan.

 Xalifalik davlatida sogʻliqni saqlash tizimi bepul tibbiy xizmat koʻrsatish, bepul davolash, davolash muddatiga amal qilish, bemorning ruhiy holatiga rioya qilib, unga yumshoq muomalada boʻlish borasida tezlik va oddiylikka asoslanadi hamda buni boshqarishga mutasaddi boʻlgan shaxsda qobiliyat va iqtidor boʻlishini shart qiladi.

 Allohning izni bilan tez kunlarda qayta barpo etiladigan Xalifalik davlati ham barcha fuqarolarning tibbiy ehtiyojini taʼminlaydigan tibbiy xizmat koʻrsatish nizomini yaratadi. Bu nizomga muvofiq barcha odamlarning – irqi, dini, mazhabi va jinsidan qatʼiy nazar – tibbiy ehtiyojlari kafolatlanadi. Chunki tibbiy xizmat koʻrsatish davlatning vazifalaridan boʻlib barcha fuqarolar bu xizmatdan qulay foydalana olishi lozim. Shuning uchun davlat fuqarolarni davolanishlari uchun shifoxonalar va davolanish tarmoqlari bilan taʼminlashi hamda bepul tibbiy xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishi lozim. Biroq davlat tabiblarni yollashni va dorilarni sotishni man qilmaydi.

 Insonlarning bunday huquqlari boʻlajak Xalifalik davlat dusturi loyihasida ham belgilab qoʻyilgan.

160-modda – Davlat barcha uchun bepul tibbiy xizmatni taʼminlaydi, lekin shifokorlarni yollash va dori-darmon savdosini man qilmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.