Tojikiston adliya vaziri: Bizda siyosiy mahbuslar yoʻq

866
0

Tojikiston adliya vaziri: Bizda siyosiy mahbuslar yoʻq

Tojikiston adliya Vaziri Rustam Shohmurod 31 yanvar kuni vazirlikning matbuot konferentsiyasida soʻzlagan nutqida mamlakat qamoqxonalarida siyosiy mahbuslar mavjudligini vazirlik nomidan inkor etdi. Uning aytishicha, aslida Tojikiston davlat qonunchiligida “siyosiy mahbus” degan tushuncha mavjud emas.

“Tojikistonda birorta siyosiy mahbus yoʻq”, “Tojikiston qamoqxonasidagi barcha mahbuslar faqat sodir etgan jinoyatlari sababli jazoga mahkum etilgan. Hanuzgacha xech bir kimsa siyosiy faoliyati uchun hibsga olinmagan”, dedi Rustam Shohmurod.

Tojikistondagi inson huquqini himoya qilish boʻyicha masʼul shaxs hisoblangan Zarif Alizoda jurnalistlarning “Ayni paytda Tojikistonda siyosiy mahbuslar bormi? – degan savoliga “Bizning jinoiy qonunchiligimizda siysiy mahbus va yo siyosiy jinoyat degan band mavjud emas” deya javob berdi.

Biroq “Xalkaro amnistiya” tashkiloti Alizodning ushbu soʻzlariga javoban “Garchi davlat qonunchiligida “siyosiy mahbus” degan atama  boʻlmasa-da, Tojikistonda oxirgi paytlardagi sud jarayoni buning aksini koʻrsatmoqda”, “Turli bahonalar bilan insonlarning boʻyinlariga asossiz ayblovlar yuklanib, jazoga tortilmoqda. Ammo aslini olganda, bunday mahbuslar asosan hukumatga qarshi siyosiy ish olib borganligi bois taʼqibga uchrab, ularga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilgan”, deya raddiya bildirdi.

Bundan bir yil ilgari Tojikiston Oliy Sudi rahbari Shermuhammad Shohiyon jurnalistlar bilan boʻlgan boʻlgan suhbatda huquq himoyachilari va xalqaro tashkilotlarning iddaolarini asossiz deya boholadi. Shohiyonning fikriga koʻra, huquq himoyachilari siyosiy mahbuslar deb atagan kimsalar siyosiy faoliyatlari uchun emas, balki boshqa jiddiy jinoyatlari bois jazoga mahkum etilgan. Ular ishora qilayotgan Zayd Saidov va Buzurgmehr Yorov kabi mahbuslar mansabini suisteʼmol qilganliklari uchun jazo muddatini oʻtashmoqda.

Sentyabr oyida Varshavada YeXXT yigʻilishida soʻzga chiqqan  Hizbi Nahzati islomiyya (Tojikistonda terroristik tashikilotlar qatoriga kiritilgan) partiyasining vakili ayni paytda mazkur partiya aʼzolaridan Tojikiston qamoqxonalarida 150dan ortiq siyosiy mahbuslar borligini maʼlum qildi. Bu faqatgina taxminiy koʻrsatgich boʻlib, haqiqiy raqam bundan bir necha barobar koʻp. Chunki soʻnggi 10 yil mobaynida Emomali Rahmon rejimi dinga qarshi keng koʻlamli amaliyotlar oʻtkazdi. Natijada birinchilardan boʻlib mamlakatda terroristik oqimlar qatoriga kirtilgan fikriy-siyosiy kurash olib boruvchi Hizb-ut-Tahrir aʼzolari qamoqqa olindi. Keyinchalik Suriyadagi isyonlar bahonasi bilan mamlakatda daʼvat olib boruvchi “Salafi solihiyn” va “Jamoati tabligʻ” kabi diniy tashkilotlarga qarshi jinoy ish qoʻzgʻatildi. 2015 yili Tojikistonda saylovida kam ovozga ega boʻlgan Nahzati Islomiyya aʼzolari birma bir jazoga loyiq deb topildi. Oʻsha yilning sentbyar oyida esa, general Nazarzoda bilan bogʻliq harbiy amaliyotlarni roʻkach qilib Nahzati Islomiyya ham boshqa diniy jamoalar qatori terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritildi. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, Tojikistondagi mavjud istema Islomning barcha koʻrinishga qarshi tish tirnogʻi bilan qurollangan boʻlib, bu yoʻlda tinimsiz kurash olib bormoqda.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.