Qozogʻiston soqol va hijobga oid qonun loyihasini ishlab chiqmoqda

1316
0

Qozogʻiston soqol va hijobga oid qonun loyihasini ishlab chiqmoqda

 Qozogʻistonning Din va fuqarolik jamiyati ishlari vaziri Nurlan Yermekboyev diniy faoliyat masalalariga tuzatish kiritishga doir rejalar bilan boʻlishdi. Bu haqida Tengrinews xabar berdi.

 Manbaga koʻra, majlisda diniy faoliyat va diniy birlashmalar masalalari toʻgʻrisidagi baʼzi hujjatlarga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritishga doir Qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.

 “Qonunosti normativ aktlar ishlab chiqiladi, hatto eskizlar ham taqdim etiladi. Har qanday koʻrinishdagi soqolga taqiq qoʻyilmaydi, eskizlar va xarakterli belgilar taqdim etiladi. Gap barcha soqollar haqida emas, gap din peshvolari haqida ham emas, gap faqat aynan buzgʻunchi diniy oqimlarni targʻib qiluvchilar haqida. Bu yerda tashqi belgilar bilan bir qatorda ularning nimalar haqida soʻzlayotgani, nimalarni targʻib qilayotgani rolь oʻynaydi”, – deydi Yermekboyev.

 Vazirning ishonch bilan taʼkidlashicha, mamlakatda avvalgidek din erkinligi saqlanib qoladi.

 “Mutaxassislar bu belgilar buzgʻunchi diniy oqim belgilari hisoblanadimi yoki yoʻq – belgilab berishadi. Barchasi belgilab qoʻyiladi: soqol uzunligi ham, boshqa belgilar ham”, – deya aniqlik kiritadi vazir.

 Yangi qonunda yuzni toʻsib turuvchi kiyimlarni taqiqlash ham taklif qilinmoqda.

 “Hijob va niqobni adashtirish kerak emas. Qonun loyihasiga muvofiq, hijob boʻyicha hech qanday gap yoʻq. Roʻmol boʻyicha ham xuddi shunday. Faqat yuz sohasini toʻsib turuvchi libos haqida gap ketmoqda, – bu esa niqob, paranji. Bunda nafaqat diniy kiyimlar, balki tibbiy niqob, balaklava ham koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin. Istisnolar bor – sport musobaqalari, xizmat yuzasidan zarurat tugʻilgan taqdirda, quruvchilarning maxsus kiyimlari, iqlim yoki ob-havo sabab niqoblanish”, – deya maʼlum qildi Yermekboyev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.