Hizb ut-Tahrirga nisbatan zulmning davom etishi noroziliklarga sabab boʻlmoqda

676
0

Hizb ut-Tahrirga nisbatan zulmning davom etishi noroziliklarga sabab boʻlmoqda

Turkiyada Hizb ut-Tahrir aʼzolariga nisbatan adolatsiz sud zulmining davom etishi jamiyatdagi xolis musulmonlarning noroziliga sabab boʻlmoqda. 2016 yil 15 iyul tunida yuz bergan muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarish harakatida ayblanayotgan Fathulloh Gulen jamoasiga tobe sudyalar 2009 yilda 58 nafar Hizb ut-Tahrir aʼzolarini jami 285 yil qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarish harakatidan soʻng mazkur gulenchi sudyalarning barcha sud hukmlari bekor qilinishiga qaramay, ularning Hizb ut-Tahrir aʼzolariga nisbatan chiqargan hukmi Turkiya oliy sudi tomonidan qayta tasdiqlandi. Bu esa bir qancha taniqli xolis yozuvchilar, inson huquqlari faollari va advokatlardan iborat ziyoli musulmonlarning keskin bayonotlar bilan chiqishlariga sabab boʻldi. Ular oʻzlarining mazlumlar tarafdori ekanligini bildirishib, baʼzi axborot agentliklari va xabar saytlari orqali  matbuot bayonoti berish bilan bu masalani kunning dolzarb mavzusiga aylantirishdi.

“Hur fikr va taʼlim huquqlari” jamiyatining raisi Rizvon Qoya, Gulenchi sudyalarning bekor qilingan qarorlari Hizb ut-Tahrirga kelganda oʻz kuchida qolishiga eʼtibor qaratdi.

“Bu noqonuniylik va jinoyatning sababi nimada? Davrlar oʻzgarsa ham Hizb ut-Tahrirga nisbatan qonun buzilish qoidalari oʻzgarmay qolaveradimi? Hatto bitta ham qurol topisha olmagan boʻlsalar ham, 58 kishi terror tashkilotiga aʼzolikda ayblanmoqda!”, deydi Rizvon Qoya.

“Hizb ut-Tahrirga nisbatan chiqarilgan qarordan soʻng quyidagi soʻzlarni ishlatishga majburmiz: Turkiyada musulmonlar uchun Adolat xalq ongidan utopya sifatida joy ola boshladi. Bu mamlakatda sakkizoyoq kabi har bir muassasaga tumshugʻini tiqqan Gulenchilar va uning sudyalari hammaga zulm qilibdi-yu ammo Islomiy tashkilotlarga zulm qilmapti-da, gʻalati emasmi? Gulenning har tarafga yetkzgan zararlari bir-bir koʻrib chiqilyapti, biroq Islomiy jihat tilga ham olinmayapti. Bu yerda aniq bir maqsad bor”, deydi Tadqiqotchi-Yozuvchi Hayoti Sadaf.

 “Mavjud adolatsizlikni tuzatish kutilar ekan, yangi-yangilari qoʻshilmoqda. Oliy sud 58 nafar Hizb ut-Tahrir aʼzolarini jami 285 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Hech qanday zoʻravonlik va terrorga aralashmagan kishilarni faqat fikr va eʼtiqodlari uchun jazolash qaysi vijdonga toʻgʻri keladi?”, deya savol tashlaydi TV bovloshchi Mehmet Tuproq.

Bahodir Kurbanoʻgʻli ham “Hilol TV” tomonidan namoyish qilingan dasturda Hizb ut-Tahrir aʼzolariga ravo koʻrilgan bu adolatsizliklar bartaraf etilishini talab qildi.

“Bu zulmlar qachongacha davom etadi. 2023 yilgachami yoki 2033 yo 2053 yilgachami?! Kimdan qoʻrqyapmiz, Amerikaga “EY” deya xitob qilyapmiz, (Isroil)ga “EY” deya xitob qilyapmiz”, ichki muxolifatga “EY” deya gap qotyapmiz, biror kimsadan qoʻrqadigan joyimiz yoʻq, shunday ekan, bu (Hizb ut-Tahrir) masalasida kimdan qoʻrqyapmiz? Bularning ishlari hech bir qonunga zid emas. Nega harakatni boshlamayapmiz!”, deydi Bahodir Kurbanoʻgʻli teledasturda.

Muharram Bolchi (Advokat), Faruk Gergerliogʻli (huquq himoyachisi, Yozuvchi, Haq va adolat platformasi kotibi), Murod Sadak (advokat), Said Shahin (Huda PAR raisining oʻrinbosari va tashqi aloqalari raisi), Erdal Elibuyuk (HudaPAR matbuot masʼuli va Istanbul boʻlimi raisi) va Sidki Zilan (advokat) ham shular jumlasidan.

 Shuningdek “Haksöz Haber” “Yöneliş Haber” “İLKHA” “Islah Haber”, “Hakyol Haber”, “Haber Duruş”, “İslam ve Hayat”, “Ekran Gazetesi”, axborot agentliklarida bu haqida xabarlar tarqatildi. Biroq Inson huqquqlari haqida ogʻiz koʻpirtirayotgan xalqaro matbuot vositalari esa, bu masalaga befarq qarashda davom etishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.