Putin: AQSh va NATOsiz Afgʻonistondagi vaziyat yanada yomon boʻlishi mumkin edi

839
0

Putin: AQSh va NATOsiz Afgʻonistondagi vaziyat yanada yomon boʻlishi mumkin edi

 Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Afgʻonistondagi terror xavfi bilan bogʻliq  vaziyat yomonlashmoqda, biroq NATO va AQSh boʻlmaganida edi vaziyat yanada yomonlashgan boʻlardi. Bu haqda Interfaks maʼlum qildi.

 Putin 25 dekabr kuni Federal yigʻin palatlari rahbarlari bilan uchrashuvda Afgʻonistonning Tojikiston, Oʻzbekiston bilan chegaralarida Tolibon harakatining jangarilari turganligini taʼkidladi.

 Putinning fikricha, Afgʻonistonda “Islom Davlati”ning paydo boʻlishi tashvishlanarli  elementlardan biridir. Ayni damda ID “Tolibon” bilan oʻzaro raqobatlashmoqda. “Bu  Afgʻonistondagi vaziyatni qoʻshimcha tarzda yomonlashtirmoqda”, -deya taʼkidladi Putin.

 “Haqiqatan ham, NATO va AQSh boshchiligidagi kaolitsiyaning Afgʻonistonda boʻlgan vaqtida vaziyat yomonlashdi. Bu toʻgʻri, vaziyat beqarorligicha qolmoqda, agarda u yerda Qoʻshma Shtatlar boʻlmaganda edi, vaziyat yanada battar boʻlardi. AQSh bilan munosabatimiz murakkab, biroq biz vaziyatiga obʼektiv yondashishimiz kerak, vaziyat esa shunday”, -deya qoʻshimcha qilgan Vladimir Putin.

 Bundan avval Rossiya TIV AQSh bilan Afgʻoniston masalasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan edi. Afgʻonistondagi keskin vaziyat NATOning mazkur mamlakatdagi missiyasini bosqichma-bosqich toʻxtatish borasidagi rejasini qayta koʻrib chiqishga majbur qilmoqda.

Turkiston: 

2018 yil mart oyida Rossiyada navbatdagi prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Putin saylov oldidan,  Rossiyani bugungi ahvolga colib qoʻygan sabablarni tushuntirib berishi kerak boʻladi. Suriyaga oʻyushtirilgan harbiy bosqinchilik harakatlari va sarf xarajatlaridan koʻzlangan maqsad va sabablar haqida biror narsa oʻylab topishi kerak! Yaʼni Putin oʻzini va mavjud rejim vakillarini hokimiyatda saqlab qolish uchungina aralashgan Suriya urushida “Rossiya uchun qandaydir maqsad va manfaatlar bor edi va men bu manfaatlarni roʻyobga chiqardim” demoqchi boʻlyapti.

Aslida, Putin Rossiya manfaatiga juda katta zarar yetkazdi. Mamlakat iqtisodini izdan chiqardi, xususiylashtirish siyosatini amalga oshirib, mamlakat daromadini “oligarxlar” nomini olgan bir guruh jinoyatchilar qoʻliga oʻtkazib berdi. Natijada Rossiyaning ogʻir va yengil sanoatlari inqirozga yuz tutdi. Oqibatda Rossiya fuqorolarining yashash darajalari yanada ogʻirlasha boshladi. Vaholanki xalqaro siyosatda Rossiyaning olamiy mafkuraviy manfaatlari deyarli qolgan emas! U olamiy “islomiy terrorizm” xavfini daf qilish bahonasida Shomda, Markaziy Osiyoda yoki dunyoning boshqa bir mintaqasida biror manfaatni qoʻliga kiritadigan holatda emas! Putin rejimi oʻzining xudbinligi kasofatidan yuzaga kelayotgan bu vaziyatni yashirish yoki boshqa bir omilga toʻnkab yuborish maqsadida AQSh bilan til biriktirib, Suriyaga harbiy bosqinchilik yurishini amalga oshirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbati chogʻida, Tramp Putinga Suriyada koʻrsatgan jonbozligi uchun minnatdorchilik birdirib, Yaqin Sharq, Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek,  oʻsha xavfli mintaqalarda yana hamkorlikda ish olib borishlaridan umid qilayotganini aytib oʻtdi.

Demak, Putin keyingi prezidentlik muddatiga qolish maqsadida, yangi mintaqalarga urush urugʻini sepish amaliyotlarida AQSh bilan hamkorlik qilishga rozi boʻldi. Rossiya Tojikistonga qurol sota boshladi. AQSh esa, Avgʻonistonda “IShID” harbiy tashkilotini yangidan shakllantirib boryapti. Rossiya tubanlikka qulashda davom etaveradi. Demak Putin uchun Rossiyani doimo xavf xatarlar bilan qoʻrqitib borishdan oʻzga yoʻl qolmadi.

Xulosa qilish mumkinki, AQSh Rossiyani oʻziga hamkor qilib olib, Markaziy Osiyoda xavfli vaziyat paydo qilmoqchi. Maqsadi shu mintaqalarda harbiy bazalar paydo qilib, Xitoyga tahdid sola oladigan holat paydo qilib olish. Putinning maqsadi esa, AQShga shu maqsadi yoʻlida yordam berib yuborish bilan oʻzining jinoiy rejimini saqlab qolish uchun AQSh koʻmagini qoʻlga kiritish yoki hech boʻlmaganda oʻz rejimini qulatib yuborish uchun harakat qilmaslikka AQShni koʻndirishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.