Putin MDH davlatlarini terrorizmga (Islomga) qarshi hamkorlikka chaqirdi

470
0

Putin MDH davlatlarini terrorizmga (Islomga) qarshi hamkorlikka chaqirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 19 dekabr kuni Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) davlatlarining milliy xavfsizlik xizmati (MXX) boshliqlari bilan uchrashib, ularni radikalizm va terrorizmga (Islomga) qarshi kurash borasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga chaqirdi. Rossiya Prezidentining taʼkidlashicha, Suriya va Iroqda terroristik guruhlar safida jang olib borgan jangarilar (Mujohidlar) sobiq SSSR mamlakatlariga qaytmoqda. Shu sababli Iroq va Suriyadan qaytgan jangchilarga qarshi kurashda samarali natijaga eishish uchun MDH davlatlarining milliy xavfsizlik xizmati hamkorlikda ish olib borishlari oʻta muhimdir.

“Izvestiya” gazetasi tarqatgan xabarga koʻra, mazkur uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Armaniston, Belarusiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlatlarining milliy xavfsizlik xizmati rahbarlari ishtirok etgan.

Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgandan buyon 26 yil oʻtgan boʻlishiga qaramay, sobiq SSSR tarkibidagi davlatlarning milliy xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining hali ham hamkorlikni davom ettirishlari eʼtiborga molikdir.

2017 yilning niihoyasiga bagʻishlangan matbuot anjumanida ham Vladimir Putin Sovet Ittifoqi tarkibidan ajralib chiqqan oʻlkalar, xususan Markaziy Osiyo davlatlari jihodchilar tarafidan kelishi kutilayotgan xatar ostida qolganligi haqida soʻz yuritdi.

Turkiston: 

2018 yil mart oyida Rossiyada navbatdagi prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Putin saylov oldidan,  Rossiyani bugungi ahvolga colib qoʻygan sabablarni tushuntirib berishi kerak boʻladi. Suriyaga oʻyushtirilgan harbiy bosqinchilik harakatlari va sarf xarajatlaridan koʻzlangan maqsad va sabablar haqida biror narsa oʻylab topishi kerak! Yaʼni Putin oʻzini va mavjud rejim vakillarini hokimiyatda saqlab qolish uchungina aralashgan Suriya urushida “Rossiya uchun qandaydir maqsad va manfaatlar bor edi va men bu manfaatlarni roʻyobga chiqardim” demoqchi boʻlyapti.

Aslida, Putin Rossiya manfaatiga juda katta zarar yetkazdi. Mamlakat iqtisodini izdan chiqardi, xususiylashtirish siyosatini amalga oshirib, mamlakat daromadini “oligarxlar” nomini olgan bir guruh jinoyatchilar qoʻliga oʻtkazib berdi. Natijada Rossiyaning ogʻir va yengil sanoatlari inqirozga yuz tutdi. Oqibatda Rossiya fuqorolarining yashash darajalari yanada ogʻirlasha boshladi. Vaholanki xalqaro siyosatda Rossiyaning olamiy mafkuraviy manfaatlari deyarli qolgan emas! U olamiy “islomiy terrorizm” xavfini daf qilish bahonasida Shomda, Markaziy Osiyoda yoki dunyoning boshqa bir mintaqasida biror manfaatni qoʻliga kiritadigan holatda emas! Putin rejimi oʻzining xudbinligi kasofatidan yuzaga kelayotgan bu vaziyatni yashirish yoki boshqa bir omilga toʻnkab yuborish maqsadida AQSh bilan til biriktirib, Suriyaga harbiy bosqinchilik yurishini amalga oshirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbati chogʻida, Tramp Putinga Suriyada koʻrsatgan jonbozligi uchun minnatdorchilik birdirib, Yaqin Sharq, Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek,  oʻsha xavfli mintaqalarda yana hamkorlikda ish olib borishlaridan umid qilayotganini aytib oʻtdi.

Demak, Putin keyingi prezidentlik muddatiga qolish maqsadida, yangi mintaqalarga urush urugʻini sepish amaliyotlarida AQSh bilan hamkorlik qilishga rozi boʻldi. Rossiya Tojikistonga qurol sota boshladi. AQSh esa, Avgʻonistonda “IShID” harbiy tashkilotini yangidan shakllantirib boryapti. Rossiya tubanlikka qulashda davom etaveradi. Demak Putin uchun Rossiyani doimo xavf xatarlar bilan qoʻrqitib borishdan oʻzga yoʻl qolmadi.

Xulosa qilish mumkinki, AQSh Rossiyani oʻziga hamkor qilib olib, Markaziy Osiyoda xavfli vaziyat paydo qilmoqchi. Maqsadi shu mintaqalarda harbiy bazalar paydo qilib, Xitoyga tahdid sola oladigan holat paydo qilib olish. Putinning maqsadi esa, AQShga shu maqsadi yoʻlida yordam berib yuborish bilan oʻzining jinoiy rejimini saqlab qolish uchun AQSh koʻmagini qoʻlga kiritish yoki hech boʻlmaganda oʻz rejimini qulatib yuborish uchun harakat qilmaslikka AQShni koʻndirishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.