Jeneva muzokaralarining soʻnggi haftasi

634
0

Jeneva muzokaralarining soʻnggi haftasi

Suriya masalasi boʻyicha Jenevada boʻlib oʻtayotgan 8 tur muzokaralarining uchinchi, yaʼni soʻnggi haftasida muxolifat va rejim delegatsiyalari bilan BMT vakili oʻrtasida uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda. BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Staffan de Misturaning saʼy harakatlari bilan Bashar Jaʼfariy boshchiligidagi Asad rejimi delegatsiyasi juma kuni Jenevaga yetib kelgan edi. Mistura muzokaralar uchun Suriya muxolifati tomonidan tashkil etilgan oliy kengash va rejim delegatsiyasi bilan uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Muxolifat vakillari avvalgi turlarda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish talabini rad etganligi tufayli Jaʼfariy boshchiligidagi Asad rejimi delegatsiyasi va muxolifat vakillari Mistura bilan alohida-alohida uchrashmoqda. Mistura oʻtgan payshanba kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida rejim delegatsiyasini muzokaralarga jiddiy qarashga chaqirdi.

Suriya muxolifati vakillari 22-23 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining poytaxti Riyod shahrida toʻplanib, yangi va keng koʻlamli masʼullar guruhini tashkil qilgan edi. Xabarlarda aytilishicha, uch hafta avval boʻlib oʻtgan Riyod yigʻilishidan soʻng berilgan bayonotda muxolifat vakillari Bashar Asad prezidentlik mansabidan ketmay turib, Suriyada oʻtish jarayoni boshlanmasligini taʼkidlagan. Biroq mazkur yigʻilishning oʻzida Staffan de Mistura siyosiy yechimga erishish uchun Suriya muholafatidan Jeneva muzokaralariga avvalgi shartlari bilan kelmaslikni talab qilgan.

14 dekabr payshanba kuni kechqurun nihoyasiga yetadigan Suriya muzokaralari Suriyada muvaqqat hukumatni tashkil qilish, yangi konstitutsiya joriy etish, saylovlar oʻtkazish va terrorizmga (Islomga) qarshi kurashdan iborat toʻrtta asosiy mavzuni oʻz ichiga oladi. Shuni ham aytib oʻtish joizki, 28 noyabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida boshlangan bevosita muzokaralarning dastlabki ikki haftasida hech qanday aniq natijaga erishilmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.