Xalifalik dunyoning asosiy kun tartibiga aylanib bormoqda

607
0

Xalifalik dunyoning asosiy kun tartibiga aylanib bormoqda

Bugungi kunga kelib, Xalifalik davlatini tiklash butun dunyoning asosiy kun tartibiga aylanib bormoqda. Hizb ut-Tahrir – Indoneziya 2 dekabr kuni poytaxt Jakartada xalifalikni talab qilib, namoyish oʻtkazdi. Namoyishda taxminan 2 million Musulmon ishtirok etdi.

Ummatning uygʻonishi Indoneziyada boʻy qoʻrsata boshladi. Islomiy Ummat birlik va birdamlikda bir yoqadan bosh chiqarib, Xalifalikni qayta tiklashni talab qilib chiqishdi. Hizb-ut Tahrir – Indoneziya va barcha Musulmonlar “La iloha ilAllloh Muhammadur rasululloh” deb yozilgan “Tavhid” bayrogʻi bilan maydonni toʻldirib, Takbirlar, Hamdu sanolar va Salovatlar bilan namoyishda ishtirok etdilar.

Musulmonlarning bunday birdamligi “insoniyat uchun chiqarilgan xayrli ummat” vasfini va Islomning gʻolib ustunligini butun dunyoga takror uqtirib qoʻyish uchun ochiq va sharafli hayqiriq boʻlib qolmoqda.

Eslatib oʻtish joizki, bundan avval Indoneziya hukumati Xalifalik davlati qulatilgandan soʻng parchalanib ketgan davlatchalarni qayta bitta davlat ostida birlashtirish uchun tinimsiz harakat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir uyushmasining faoliyatini mamlakatda taʼqiqlab qoʻygan edi. Bunga Hizbning shiorlari Indoneziyaning mafkurasiga va ilmoniy-demokratik vujudiga zidligi sabab qilib koʻrsatilgan edi.

Indoneziyaning mamlakatda Hizb ut-Tahrirni  taʼqiqlash qarori musulmonlarning qattiq noroziligiga sabab boʻldi. Qaror qabul qilinishi ootidan aksariyati olimlar, ziyolilar, siyosatchilar, biznesmenlar, shifokorlar, sobiq harbiylar, universitet professorlaridan iborat oʻn minglagan musulmonlar davlatga qarshi norozilik namoyishi oʻtazishgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.