Suriya muholifati: Asad lavozimidan ketishi kerak

416
0

Suriya muholifati: Asad lavozimidan ketishi kerak

  Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatda oʻtish davri boshlangunga qadar isteʼfoga ketishi kerak. Bu haqda Suriya muxolifati vakillarining Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan uchrashuvi yakunida qabul qilingan bayonotda aytiladi. Hujjatda taʼkidlanishicha, ayni shu talab bajarilgan taqdirdagina, barqarorlik va xavfsizlik asosida siyosiy jarayon boshlanishi mumkin.

  Suriya muxolifatining vakillari Saudiya Arabistoni rasmiylarining taklifi bilan Ar-Riyodda toʻplandi. Tomonlar BMT shofeligida Jenevada boʻlib oʻtadigan muzokoralarda Asad masalasida yagona fikr shakllantirish ustida ishlamoqda. Suriyaning amaldagi xukumati va muxolifat oʻrtasidagi navbatdagi uchrashuv 28 noyabrь kuni boʻlib oʻtadi. Uni BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Staffan de Mistura tashkillashtirmoqda.

  Suriya muxolifatining koʻplab vakillari, boʻlajak prezident masalasi saylovlarda hal etilishi kerakligini taʼkidlashmoqda. Koʻpchilik esa Asadni harbiy jinoyatchi sifatida koʻrishlarini aytishib, bundan keyin prezident lavozimiga saylanmasligi lozimligini taʼkidlaydilar.

  Rossiya, Turkiya va Eron Jenevadagi uchrashuv bilan bir qatorda Suriya xalqlari Kongressini tashkillashtirishga harakat qilmoqda. 22 noyabr kuni uch mamlakat yetakchilari Sochida uchrashib bu boradagi Kelishuvni imzoladi. Rossiya va Eron Suriyaning amaldagi prezidentini qoʻllab-quvvatlaydi. Turkiya esa muholifatning ayrim guruhlari tomonida ekanini aytadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.