Tramp va Putin Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham muhokama qilishdi

453
0

Tramp va Putin Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham muhokama qilishdi

 Oq uy matbuot xizmatining xabar qilishicha, AQSh va Rossiya prezidenti Donalьd Tramp hamda Vladimir Putin telefon muloqoti davomida terrorga qarshi kurash, Suriya, Ukraina va KXDR boʻyicha hamkorlikni muhokama qilgan.

 Oq uy maʼlumotlariga koʻra, muloqot bir soatdan ortiq davom etgan.

 “Prezidentlar Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida 11 noyabr kuni berilgan qoʻshma bayonotni qoʻllab-quvvatlashlarini tasdiqlashdi. Har ikki prezident ham BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-son rezolyutsiyasi amalga oshirilishi va BMT shofeligidagi Jeneva jarayoni qoʻllab-quvvatlanishi muhimligini taʼkidlab oʻtishdi. Bu Suriyadagi fuqarolik urushiga tinch yoʻl bilan yechim topishda, gumanitar inqirozga yakun yasashda, suriyalik qochqinlarning oʻz uylariga qaytishlarida va yagona Suriya barqarorligini taʼminlashda kerak boʻladi”, – deyiladi xabarda.

 “Prezidentlar Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda terrorizm bilan birgalikda kurash olib borish muhimligini taʼkidlashdi, shuningdek, IShID, “Al-Qoida”, “Tolibon” va boshqa terrorchilik tashkilotlari bilan kurash boʻyicha boʻlajak hamkorlik yoʻllarini oʻrganib chiqishga rozilik berishdi”, – deyiladi Oq uy xabarida.

 “Prezident Tramp va prezident Putin Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka erishishni, Shimoliy Koreyaga xalqaro bosimni davom ettirish lozimligini ham muhokama qilishgan”, – deya xulosa qilishgan Oq uydan.

 AQSh yetakchisi Donalьd Tramp esa Rossiya prezidenti bilan telefon muloqotini “ajoyib” va “mustahkam” deb atagan.

Turkiston:

AQSh Rossiya bilan birlashib, olamiy buzgʻunchi yashirin ittifoq tuzishgan edi! Ular hamkorlikda Suriyani vayron qilishdi! Hozirga kelib bu yashirin ittifoqlarini oshkor qilishga qaror qilishayotgandek, bir birlari bilan ochiq muloqotlar oʻtkaza borishyapti.

Lekin Rossiyaning Suriyada olib borayotgan harbiy harakatlari AQSh tomonidan yetarli taqdirlangani yoʻq. Rossiyaning choʻntagidan ketayotgan Suriyadagi harbiy xarajatlar, aslida faqat Putin rejimining manfaatlari uchun sarflanayotgan rus xalqining boyliklari desak toʻgʻri boʻladi. Negaki Shomda yuz berayotgan bu mafkuraviy urushda Rossiyaning deyarli hech qanday manfaati yoʻq. Putin bu urushda Asadning homiysi va himoyachisi rolini oʻynab beryapti. Lekin Putinning oʻzi ham taʼkidlaganidek, Asad AQShning diktatori.

Putin bu urush bilan faqat oʻzining Rossiyadagi muvoffaqqiyatsiz yetakchiligidan kelib chiqayotgan inqiroziy oqibatlarni yashirmoqchi boʻlayapti! U Rossiyani hozir ham xuddi ilgarigidek olamiy yetakchi sifatida turgandek qilib koʻrsatmoqchi! Lekin “kasalni yashirsang, istmasi oshkor qiladi” deyilganidek, iqtisodiy inqirozlar hamda mamlakatni siyosiy va iqtisodiy holati bu qalbaki olamiy diktatorning haqiqatini ochib yuboryapti!

 Bu kurashda Rossiya faqat AQShning harbiy mashinasi sifatida ish olib boryapti! AQSh Rossiyaga qoʻyilgan birorta sanktsiyani olib tashlagani yoʻq. Shunga qaramay, ruslar AQShga itdek xizmat koʻrsatib kelishyapti.

Soʻnggi paytlarda Rossiya Suriyadagi urushdan bosh tortishi haqidagi gaplar tarqata boshlagan edi. AQSh Asadning oʻzini Putin bilan uchrashtirdi, keyin Trampning oʻzi u bilan telefon orqali gaplashyapti. Demak Rossiyaning harbiy quvvatidan foydalanish loihasi yana davom etadi. Nafaqat Suriyada balki Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga ham koʻchishi mumkin degan ishoralar boʻlyapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.