(Isroil) moʻʼtadil Arab davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor

814
0

(Isroil) moʻʼtadil Arab davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor

(Isroil) bosh shtab boshqarmasining rahbari Gadi Ayzenkot moʻʼtadil boʻlishga bel bogʻlagan Saudiya Arabistoni va yana boshqa moʻʼtadil Arab davlatlari bilan Eronga qarshi hamkorlik qilishni taklif qildi. Ayzenkotning taʼkidlashicha, (Isroil) barcha moʻʼtadil Arab davlatlari bilan tajriba va razvedka maʼlumotlarini almashishga tayyordir.

“Biz Eronga qarshi Saudiya Arabistoni va boshqa moʻʼtadil Arab davlatlari bilan tajriba almashish va razvedka aloqalarini baham koʻrish uchun tayyormiz”, dedi Saudiya Arabistonining “Elaf” gazetasiga intervьyu bergan Ayzenkot.

Saudiya Arabistoni bilan (Isroil) orasida bir qancha oʻzaro manfaatlar borligini bildirgan Ayzenkot “AQSh prezidenti Donald Tramp rahnamoligida mintaqada yangi xalqaro ittifoqlar tashkil etish imkoniyati mavjud. Eron tahdidini bartaraf etish uchun katta va keng qamrovli strategik rejasini amalga oshirishimiz zarur”, deya taʼkidladi.

Yana boshqa bir Saudiya gazetasiga intervyu bergan (Isroil) bosh shtab boshqarmasining raisi Eronning Yaqin Sharqdagi taʼsiri (Isroil) va Saudiya Arabistoni uchun tashvish uygʻatayotganligini bildirdi.

 “Eronning rejasi ikki shia hiloli bilan Yaqin Sharqni oʻz nazorati ostiga olishdir. Bulardan birinchisi Erondan Iroqqa, soʻngra u yerdan Suriya orqali Livangacha choʻziladi. Ikkinchisi esa Bahrayn va Yaman orqali Qizil dengizgacha yetib boradi. Buning oldini olishimiz kerak”, dedi Ayzenkot.

Turkiston:

“Moʻʼtadil Islom” kufr atamasi boʻlib, u kufr sistemasining atayin musulmonlarni bir birlariga qarshi fikran va jismonan urushga chorlash uchun oʻylab topilgan robitadir. Buni yuqoridagi yahudiy mulozimining bayonoti va uning aksi boʻlgan quyidagi Ollohning rosuli (sav)ning xadislari va yana nususlarda kelgan yuzlagan oyat va xadislar isbotlab turibdi!

380/6. Baro ibn Ozib r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh  s.a.v.  ansoriylar haqida: “Ularni faqatgina moʻminlar yaxshi koʻradilar va faqatgina munofiqlar yomon koʻradilar. Kim ularni yaxshi koʻrsa, Alloh ularni yaxshi koʻradi. Kim ularni yomon koʻrsa, Alloh ularni yomon koʻradi”, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

383/9. Abu Kurayma Miqdod ibn Maʼdikariba r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh  s.a.v. : “Agar kishi birodarini yaxshi koʻrsa, oʻshani yaxshi koʻrishini bildirib qoʻysin”, dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

377/3. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi. Rasululloh  s.a.v. : “Albatta Alloh Taolo Qiyomat kuni: “Azamatim uchun doʻst boʻlganlar qani? Bugun Men soya yoʻq kunda Oʻz soyam bilan panoh beraman”, deydi”, dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

 “Moʻʼtadil Islom” loyihasi, bir necha oʻn yillar ilgari Gʻarb mustamlakachilari tomonidan rejalashtirilgan loyihadir. Saudiya va yana boshqa bir qancha Islomiy mamlakatlardagi oʻrta va oliy taʼlim programmalarining asosiga Shiya oqimiga qarshi atayin nafrat uygʻotuvi yoʻnalish kiritilgan. Shuningdek bu loyiha orqali zimdan kufr bilan hamkorlik qilish va u bilan himoyalanishga undovchi moʻʼtadil, yaʼni loqayd musulmonlar keltirib chiqaradigan taʼlim programmasi musulmonlar hayotiga joriy qilib kelinmoqda! Yuqoridagi yahudiyning doʻstlik va muhabbat izhori, Islomiy mamlakatlar va musulmonlar uchun aslida tubanlik va oʻsha loyihaning naqar jirkanch ekanligiga dalolat qiladi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.