Moskvada “Tabligʻ” jamoatining 69 nafar aʼzosi hibsga olindi

655
0

Moskvada “Tabligʻ” jamoatining 69 nafar aʼzosi hibsga olindi

Moskvada faoliyat yuritayotgan “Tabligʻ” jamoatining 69 nafar aʼzosi Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FSB) tarafidan hibsga olindi. Bu haqida xavfsizlik xizmati axborot markazi tomonidan berilgan bayonot orqali eʼlon qilindi.

“Rossiya federal xavfsizlik xizmati va Rossiya Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Moskva viloyatida “terrorizm” va “ekstrimizm”ga qarshi qoʻshma amaliyot oʻtkazildi. Amaliyotda asosiy eʼtibor Rossiyada taqiqlangan “Jamoati Tabligʻ” ekstremistik tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan maxfiy va noqonuniy faoliyatni hal etishga qaratildi”, deyiladi Rossiya federal xavfsizlik xizmati Axborot markazi tomonidan berilgan bayonotda.

Bayonotga koʻra, jamoa rahbarlari va aksar aʼzolari Oʻrta Osiyo fuqarolaridir. Shuningdek ularning safiga qoʻshilib faoliyat yuritayotgan Rossiya fuqarolari ham bor. Hozirda bu borada jinoiy ish qoʻzgʻatilganligini bildirgan Rossiya rozvedkasi, hibsga olinganlarning kimligi va ularga nisbatan qanday jazo chorasi qoʻllanishi haqida maʼlumot bermadi.

Shuningdek bayonotda aytilishicha, qoʻshma amaliyot davomida “ekstremistik” adabiyotlar va kommunikatsiya vositalari hamda jamoaning “noqonuniy” faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz ichiga olgan elektron axborot tashuvchi moslamalar (fleshkalar) musodara qilingan.

“Tabligʻ” jamoatining faoliyati Rossiyaning hududiy yaxlitligiga va Rossiyada etnik va mazhablararo barqarorlikka tahdid solishini roʻkach qilinib, 2009 yilda Rossiya Oliy sudi tomonidan terroristik guruh deb topilgan.

Taʼkidlash joizki, mazkur jamoa Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikiston kabi bir qator mamlakatlarda ham taqiqlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.