Qozogʻiston Qirgʻiziston kompaniyalari mahsulotlarini taqiqladi

804
0

Qozogʻiston Qirgʻiziston kompaniyalari mahsulotlarini taqiqladi

 Qozogʻiston “texnik reglamentlar talablari buzilayotgani sababli” Qirgʻizistondagi bir nechta kompaniyalarning oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va sotishni taqiqladi. Bu haqda 10 noyabr kuni boʻlib oʻtgan brifingda bosh sanitar vrach Jandarbek Bekshin maʼlum qildi.

 “Ak-Sut” kabi ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoida buzilishlari muntazam kuzatilmoqda. Biz bugun ularga sut mahsulotlarini olib kirishlarini taqiqladik. Shuningdek, “Kulikovskiy” qandolatchilik uyining ham tegishli koʻrsatkichlarga mos kelmaydigan mahsulotlarini olib kirish taqiqlandi. Biz tadbirkor Emilga Gollandiya pishlogʻini olib kirishni taqiqladik. Bugungi kunda bu mahsulot koʻplab koʻrsatkichlar boʻyicha texnik reglament talablariga mos kelmaydi”,- dedi Bekshin.

 Mahalliy axborot agentliklarning maʼlum qilishicha, Jandarbek Bekshin bayonot berib, Qirgʻizistondan olib kelinayotgan mahsulotlarning sifati pastligini aytgan. Bekshinning soʻzlariga qaraganda, oʻtgan yili Qirgʻizistondan olib kelingan mahsulotlarning 4 foizi talablarga mos kelmagan, bu yil bu raqam 10 foizga yaqin boʻldi.

 Qozogʻiston qishloq xoʻjalik vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 21 oktyabrdan 28 oktyabrga qadar Qozogʻiston Qirgʻizistondan olib kelinayotgan 100 tonna mahsulotni qoida buzilishlari sabab kiritmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.